Qöqon şahri azaldan hunarmandçilik, savdo va milliy pazandaçilik rivojlangan yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Uning gastronomik merosining ajralmas qismi bölgan «Qöqon patiri» betakror ta’mi, öziga xos retsepti va an’anaviy tayyorlaş usuli bilan maşhur.
Uşbu nonning muhim xususiyatlaridan biri — maxsus tayyorlaş texnologiyasi tufayli bir neça hafta davomida öz ta’mi va sifatini yöqotmasdan saqlanişidir.
Adliya vazirligi ta’kidlaşiça, «Qöqon patiri»ning geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilişi mahsulot nomi hamda uni tayyorlaşning an’anaviy texnologiyasini huquqiy muhofaza qiliş, sifat standartlarini mustahkamlaş va Farğona viloyatining gastronomik brendini xalqaro miqyosda keng tarğib etişga xizmat qiladi.
Ma’lumot uçun, geografik körsatkiç — mahsulotning muayyan hududga mansubligi, uning sifati, şuhrati va öziga xos xususiyatlari aynan öşa hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan boğliq ekanini tasdiqlovçi intellektual mulk obekti hisoblanadi.















