Zomin qozon patiri geografik körsatkiç sifatida Adliya vazirligi tomonidan röyxatdan ötkazildi.

Qayd qilinişiça, geografik körsatkiç – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvçi belgi. U mahsulotning kelib çiqiş joyini, an’anaviy retseptini va öziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bölib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyoğ bilan qozonda pişiriladi. U özining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Zomin qozon patiri Özbekiston davlat reyestrida yigirmançi geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötgan bölib, uning nomi, sifati va kelib çiqiş manbai qonuniy himoyaga ega böladi. Ta’kidlanişiça, bu hududiy brendni rivojlantiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va iste’molçilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etişga xizmat qiladi.

Avvalroq, Samarqand qoğozi, tuxumbarak, Andijon döppisi va Söqoq somsasi geografik körsatkiç sifatida röyxatga olingan edi.