«Samarqand qoğozi» geografik körsatkiç sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi. Bu Samarqand viloyat adliya boşqarmasi va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining kömagi bilan amalga oşdi.

Qayd qilinişiça, ming yillik tarixga ega Samarqand qoğozini işlab çiqariş jarayonida balxtut novdalari ma’lum muddat suvda ivitib qöyiladi. Undan keyin pösti şilinib, pöstloq ustidagi qöpol jigarrang qismi piçoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarğiş rangli pöstloqlar qozonda 5-6 soat qaynatiladi va şundan söng ular yoğoçdan yasalgan öğirlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylanguniça maxsus tösinlar orqali tuyib maydalanadi.

Keyingi bosqiçda mayin tolasimon pöstloqlar katta idişga solinib, Siyob suvida aralaştiriladi va törtburçak şakldagi suzğiçlardan ötkaziladi. Höl qoğozlar 8-10 soat davomida taxtakaçga bostirib qöyiladi, söngra birma-bir silliq joyga yopiştiriladi. Yakunida har bir qoğoz silliq marmar toş ustiga qöyilib, çiğanoq yoki aqiq toşi bilan silliqlanadi, şu tarzda Samarqand qoğozi tayyor böladi.

Samarqand qoğozidan mahalliy miniatyuraçi rassom va kalligraflar, Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlaşda foydalaniladi.

Geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi qoğozning aynan Samarqand hududiga mansubligini belgilab, uning sifati, tarixiy ildizlari va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.