«Rosatom» rahbari Aleksey Lixaçevning bildirişiça, hodisa 15 iyul kuni Zaporijjya AES sanoat hududi çegarasi yaqinida sodir bölgan. Davlat korporatsiyasi da’vosiga köra, xizmat avtomobiliga Ukraina tomonidan uçirilgan dron zarba bergan.

Kompaniya ma’lumotiga köra, hujum natijasida boş muhandis Aleksandr Yakovlev va uning haydovçisi Dmitriy Filippov voqea joyida halok bölgan.

Şundan söng Aleksey Lixaçev Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA)ni hodisaga nisbatan «tezkor, aniq va qat’iy munosabat» bildirişga çaqirdi.

Yevropadagi eng yirik AES

Zaporijjya atom elektr stansiyasi Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi hisoblanadi. U Zaporijjya viloyatining Energodar şahrida joylaşgan bölib, Rossiya qöşinlari uni 2022 yil fevral oyida Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlanganidan köp ötmay nazoratga olgan.

2022 yil sentabridan buyon stansiyaning barça olti reaktori töxtatilgan. Biroq yadroviy xavfsizlikni ta’minlaş uçun reaktorlar doimiy ravişda sovitib turilişi talab etiladi.

2024 yil mart oyida AEXA Rossiyani stansiya hududidan ruxsatsiz joylaştirilgan şaxslar, jumladan harbiylarni olib çiqişga, şuningdek, ZAESni Ukraina nazoratiga qaytariş yoki xalqaro boşqaruvga topşirişga çaqirgan edi. Moskva esa bu çaqiriqlarni rad etgan.

Elektr ta’minotidagi uzilişlar

AEXA 2026 yil iyun oyi boşida Zaporijjya AES 2022 yildan beri 17-marta taşqi elektr ta’minotisiz qolganini ma’lum qilgan edi.

Agentlik ma’lumotiga köra, bu holat Dnipro daryosining qarşi sohilida joylaşgan Nikopil podstansiyasiga dron zarbasi berilgani ortidan yuz bergan. Oqibatda stansiyani elektr bilan ta’minlab turgan yagona yuqori kuçlanişli liniya taxminan 20 daqiqaga işdan çiqqan, keyinçalik elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Ukraina razvedkasining bayonoti

Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi avvalroq Rossiya qöşinlari Zaporijjya AES hududidan harbiy maqsadlarda foydalanayotganini bildirgan.

Boşqarma ma’lumotiga köra, stansiya hududida hujumkor dronlarni boşqariş punktlari va qurol-aslaha omborlari joylaştirilgan. Şuningdek, törtta energoblokning maşina zallariga harbiy texnika örnatilgani, reaktor binolari tomlariga esa pulemyot nuqtalari va raketa majmualari joylaştirilgani da’vo qilingan.