Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda mamlakatlarning atom energetikasi sohasidagi hamkorligini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Rossiya davlat korporatsiyasi Özbekistondagi kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi maydonida «şunçaki atom şahri» emas, balki «atom klasteri»ni yaratişni taklif qildi. Bu haqda Lixaçyov «Rossiya 24» telekanali efirida sözladi.

«Atom klasteri»ni yaratişda «Kurçatov instituti» ilmiy-tadqiqot markazi iştirok etadi. Loyiha «nafaqat atom energetikasini, balki atom tibbiyotini, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş manfaatlari yölida radiologik vakolatlarni ham» öz içiga oladi, dedi «Rosatom» rahbari. Uning sözlariga köra, AES loyihasida uçinçi davlatlar iştirok etişga tayyor, ammo Lixaçyov qaysi davlatlar ekanini aniq aytmadi.

«Rosatom» rahbari 2025 yil oktyabr oyida kiçik quvvatli birinçi energiya bloki uçun çuqur qaziş işlari boşlanganini, keyingi muhim bosqiç 2026 yilning birinçi yarmida amalga oşirilişi kerak bölgan beton işlarini boşlaş ekanini aytdi.

«Bu yilgi asosiy vazifa - yadroviy oroldagi binolarning poydevor plitasi asosiga beton quyişga ötiş. Muddatlarga rioya qiliş muhimligini inobatga olgan holda, biz şu yilning bahorida beton tayyorlaş işlarini boşlaşga harakat qilmoqdamiz», dedi Lixaçyov.

«Rosatom» iştirokida kiçik quvvatli atom elektr stansiyasini quriş böyiça şartnoma 2024 yil may oyida Toşkentda imzolangan edi. 330 MVt quvvatga ega stansiya 6 ta reaktorga ega böladi. «Rosatom» boş pudratçi hisoblanadi.

Özbekistondagi AES loyihasi quvvati 1000 MVt bölgan ikkita katta energoblok va 55 MVt bölgan ikkita kiçik energoblok qurilişini nazarda tutadi. Ta’kidlanişiça, «Rosatom» uçun bu kiçik atom elektr stansiyalarini quriş böyiça birinçi xorijiy tajriba böladi.