24 mart kuni “Özatom” va “Rosatom” rahbarlari Özbekistonda birinçi AESni quriş böyiça yana ikkita hujjatni imzoladi. Foriş tumanidagi quriliş maydonçasida yadroviy energoblok uçun beton quyiş işlari boşlandi.
Şu paytga qadar obektning moliyaviy tomonlari: loyiha-smeta parametrlari, stansiyalarning umumiy qiymati, işlab çiqarilgan elektr energiyasining tannarxi qança bölişi va qanday narxda sotib olinişi oçiqlanmagan.
Mavhumlik hukm surayotgan bir şaroitda, “Özbekistondagi faqat kiçik atom elektr stansiyasi loyihasi Rossiya korxonalariga 2 trln rublgaça buyurtmalar olib keladi”, deya e’lon qildi “Rosatom” boş direktori Aleksey Lixaçyov. Bu – Rossiya Markaziy bankining bugungi kursi böyiça 24,7 mlrd dollarga teng mablağ.
“Rossiyada ham xususiy, ham davlat iştirokidagi kompaniyalar orasida juda köp hamkorlarimiz bor. Faqat kiçik blokni qurişning özi 2 trln rublgaça buyurtmalar hajmini beradi. Bandlik nuqtayi nazaridan esa bu Rossiyaning özida töğridan töğri taxminan 1000 ta iş örni yaratilişini anglatadi.
Makroiqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan qaralganda, quriliş bosqiçida kiritilgan har bir rubl uçun Rossiyaga 1,5 rublgaça, AESdan foydalaniş bosqiçida esa 2 rublgaça qaytişni ta’minlaydi”, – dedi “Rosatom” rahbari TASS muxbirining savoliga javoban.
Spot xabariga köra, “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev ham AES böyiça ayrim jihatlarni oçiqlagan. Uning aytişiça, “Rosatom” bilan stansiyani quriş uçun zarur materiallarni xarid qiliş böyiça kelişuvga erişilgan. Işlarning joriy bosqiçida mahalliylaştiriş darajasi kamida 29−30 foizni taşkil etişi kutilyapti.














