16 iyul kuni Özbekiston yagona energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 291 million kVt·soatni taşkil etib, ötgan yozgi mavsumdagi eng yuqori körsatkiçdan 18,4 million kVt·soatga (6,7 foizga) oşdi. Şu kuni elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi ham 295,4 million kVt·soatga yetib, yangi rekord örnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, anomal issiq ta’sirida elektr uzatiş tarmoqlari va uskunalari me’yordan ortiq qizib, kunduzi elektr energiyasi iste’molining keskin oşişi tarmoqlardagi yuklamani yanada kuçaytirmoqda.
Şu sababli, energotizim barqarorligini ta’minlaş va yirik avariyalarning oldini oliş maqsadida Qaşqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toşkent viloyatining ayrim hududlarida 2 soatlik majburiy elektr çeklovlari joriy etildi.











