Xususan, Samarqand viloyatida ötkazilgan laboratoriya tekşiruviga köra, Qozoğistonda işlab çiqarilgan “555 MUKA” un mahsuloti sanitariya talablariga javob bermasligi va iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum böldi.

Buxoro viloyatida laboratoriyaga topşirilgan “Sulaymon Nafosat Fayz” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan “Sulaymon Fayz” birinçi navli buğdoy uni sanitariya-gigiyenik me’yorlarga mos emasligi aniqlandi. Un mahsuloti sotuvidan tuşgan 5,7 mln söm mablağni iste’molçilarga qaytariş böyiça körsatma berildi.

Jizzax viloyatida nazorat xaridi uçun “Javhar Flour Trade” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan “Ardus” un mahsuloti namunalari laboratoriyaga topşirilganda unda temir va rux miqdori belgilangan me’yorlarga javob bermasligi ma’lum böldi.

Farğona viloyatida “Troyka” nomli buğdoy uni namunasi laboratoriya tekşiruvlarida me’yoriy talablarga nomuvofiq deb topildi.

Sifatsiz mahsulotlarni muomalaga çiqariş orqali qonunbuzilişga yöl qöygan şaxslarga, şuningdek saqlaş tartiblariga rioya etmagan sotuvçilarga nisbatan tegişli ta’sir çoralari  belgilanib, mahsulotlarni savdodan olib taşlaş böyiça tadbirkorlarga majburiy körsatmalar berildi.