Argentina milliy jamoasi «allaqachon hech kim o‘chirolmaydigan tarixni yozib bo‘ldi», deb yozdi jamoa sardori Lionel Messi Instagram sahifasida.

U o‘z sahifasida jamoaning barcha o‘yinchilari va murabbiylar tarkibi birgalikda tushgan fotosuratni joyladi. 

«O‘tgan yillar davomidagi eng go‘zal narsa – bu nafaqat qo‘lga kiritilgan sovrinlar, balki biz birgalikda bosib o‘tgan yo‘l hamdir... Ertaga nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu jamoa allaqachon hech qachon unutilmaydigan va hech kim o‘chirolmaydigan tarixni yozib bo‘ldi. Argentina, olg‘a!» - deb yozdi Messi.

Lionel Messi chempionat davomida 8ta to‘p kiritib, 10ta gol muallifiga aylangan fransiyalik Kilian Mbappedan keyingi o‘rinda turibdi. Agar u Ispaniyaga qarshi bugungi final o‘yinida 3ta gol ura olsa, 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylanishi mumkin. Final bahsi 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.