So‘nggi o‘n yilliklarda ko‘plab mamlakatlar uglerod chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishni jadallashtirgan bo‘lsa-da, ko‘mir jahon energetikasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ham dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb uchdan biri aynan ko‘mir hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yillik qazib olish hajmi bo‘yicha eng yirik ko‘mir koni AQShning Vayoming shtatidagi Black Thunder Mine bo‘ldi. Ushbu ochiq kon bir yilda 62,68 million tonna ko‘mir qazib olgan. Konda dunyodagi eng yirik ekskavatorlardan biri hisoblangan Ursa Major ham ishlatiladi. Bu yerda oltingugurti kam bo‘lgan subbituminoz ko‘mir qazib olinadi va u asosan issiqlik elektr stansiyalarida qo‘llanadi.
Ikkinchi o‘rinni Hindistonning Chxattisgarh shtatida joylashgan Gevra OC Mine egalladi. Bu yerda bir yilda 60 million tonna ko‘mir qazib olingan. Davlatga qarashli Coal India kompaniyasi tasarrufidagi mazkur kon ishlab chiqarish quvvatini yiliga 70 million tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Uchinchi pog‘onada AQShning yana bir yirik koni - North Antelope Rochelle Mine joylashdi. Unda o‘tgan yili 56,25 million tonna ko‘mir qazib olingan. Zaxiralari bo‘yicha esa bu kon dunyodagi eng yiriklardan biri hisoblanadi va kamida 2047 yilgacha foydalanilishi rejalashtirilgan.
To‘rtinchi o‘rinni Hindistonning Kusmunda OC Mine koni egalladi. Bu yerda bir yilda 50 million tonna ko‘mir qazib olingan. Qizig‘i shundaki, dunyodagi eng yirik beshta ko‘mir konidan ikkitasi Hindistonning bir hududi - Korba okrugida joylashgan.
Beshinchi o‘rindan Xitoyning Shensi viloyatidagi Northern Shaanxi Mine o‘rin oldi. Bu konda yil davomida 41,34 million tonna ko‘mir qazib olingan. Xitoy dunyoda eng ko‘p ko‘mir iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lsa-da, kuchli o‘nlikka faqat bitta koni kirgan.
Oltinchi o‘rin Indoneziyaning Borneo orolidagi Sangatta Mine koniga nasib etdi. Bu yerda 40,9 million tonna ko‘mir qazib olingan. Kon uchta yirik uchastkani qamrab oladi va 1992 yildan buyon eksport uchun mahsulot yetkazib beradi.
Yevropadagi eng yirik ko‘mir koni - Polshadagi Belchatów Mine yettinchi o‘rinni egalladi. Bu yerda 40,43 million tonna qo‘ng‘ir ko‘mir (lignit) qazib olingan. Kon Yevropadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan birini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Biroq ekologik talablar kuchayishi sabab uni 2036 yilgacha yopish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Jahondagi eng yirik ko‘mir konlari ro‘yxati e’lon qilindi
09:18 / 22.07.20262 9065 min
Jahonda dekarbonizatsiya siyosati jadallashib borayotganiga qaramay, ko‘mir hali ham global energetikaning asosiy yoqilg‘ilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yangi reytingda dunyodagi eng yirik ko‘mir konlari yillik qazib olish hajmi bo‘yicha saralandi. Ro‘yxatga AQSh, Hindiston, Xitoy, Indoneziya va Polshadagi yirik konlar kirdi.















