Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi Kostenko kömir konida sodir bölgan yirik avariyaga yonğin va undan keyin metan gazining portlaşi sabab bölgan. Bu haqda viloyat hokimi Yermaganbet Bulekpayev xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, 28 oktyabr kuni şaxtada yonğin çiqqan, söngra metan-havo aralaşmasi portlagan. Bulekpayev sözlariga köra, portlaş vaqtida şaxtada qolgan 13 kişining taqdiri hozirça noma’lum, ularni qidiriş işlari davom etmoqda.

Qutqaruvçilar markaziy ştabining Qarağanda bölimi direktori Gennadiy Silinskiy portlaşdan keyin yuzaga kelgan zarba tölqini zilzila markazidan ikki kilometr uzoqlikda tarqalib, keng kölamli oqibatlarga olib kelganini ta’kidladi.

«Portlaş kuçi şunday katta ediki, ğarbiy va şarqiy bloklardagi telekommunikatsiya tizimi işdan çiqdi», dedi Silinskiy.

28 oktyabr kuni tunda Kostenko nomidagi kömir konida portlaş sodir böldi. Şaxta içida 252 kişi bölgan, ularning 208 nafari yer yuziga çiqqan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, halok bölganlar soni 33 nafarni taşkil qiladi. Qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev fojia sababli 29 oktyabrni mamlakatda umumilliy motam kuni deb e’lon qildi.