AQŞ kongressi yangi moliyaviy yil uçun byudjyet yoki vaqtinçalik moliyalaştiriş qonunini qabul etmasa, hukumat yana mablağsiz qoladi. Oqibatda esa yuz minglab davlat xizmatçilarining maoşlari keçikadi, ular işga çiqmaydi. Milliy boğlar, ayrim idoralar va davlat xizmatlari qisman yopiladi.

22 iyul kuni prezident Donald Tramp bu yil sentyabrda yana hukumat şatdauni bölişidan ogohlantirdi. Bunga sabab esa Senatdagi siyosiy qarama-qarşilik hamda qonun muhokamasini çöziş orqali uni qabul qilişni ham ortga suriş bölmoqda.

Ayni dam Vakillar palatasi şatdaun oldini oliş uçun 4 dekabrga qadar hukumatni vaqtinçalik moliyalaş rezolyutsiyasini qabul qildi. Lekin bu hujjat işlaşi uçun Senatda tasdiqlanişi kerak. Agar Senat tasdiqlasa va prezident uni imzolasa, sentyabrdagi şatdaun xavfi vaqtinçalik bartaraf etiladi.

Hukumatning işdan töxtaşi siyosiy va iqtisodiy zararlarni keltirib çiqaradi. Lekin tomonlardan biri siyosiy foyda olişi ham mumkin, masalan respublikaçilar “hamma ayb – demokratlarda” degan qaraşni singdira olsa, saylov oldidan öziga baho işlaydi. Ammo, demokratlar buni uddalasa, ovoz mavsumi oldidan respublikaçilar qiyin vaziyatda qolişi mumkin.

Eng köp zararni esa albatta fuqarolar va federal xodimlar köradi. Çunki ayrim davlat xizmatlari töxtaydi, iş haqlari keçikadi va davlat byudjyeti bilan işlaydigan organlar falajlanadi. Buning oqibatida iqtisodiy noaniqlik ortadi.

Hozirgi muzokaralarga qaraganda ikkala partiya ham şatdaunni çeklab ötişga imkon qadar harakat qilmoqda.

Seşanba kuni - Vakillar palatasi hukumatni oraliq saylovlar davomida moliyalaştirişni davom ettiriş çorasi böyiça ovoz berişga tayyorgarlik körayotgan bir paytda Senatdagi respublikaçilar yetakçisi Jon Tuyn vaqtinçalik moliyalaş rezolyutsiyasi yaqin fursatda taqdim qilinişini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson quyi palataning respublikaçilar partiyasi boşçiligidagi rejasini olqişlab kelmoqda. Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçilari esa bunday muzokaralar uçun hali juda erta ekanini bildirişgan.

Turli strategiyalar ikki palata örtasidagi asosiy bölinişni körsatdi, bu esa yaqinda qonunçilikdagi janjallarga rang berdi. Ikkala palatada ham tor respublikaçilar köpçilikni taşkil qiladi. Ammo Senat aksariyat qonunlarni ilgari suriş uçun 60 ovozlik çegara bilan kuraşişi kerak, bu esa demokratlarning qöllab-quvvatlaşini talab qiladi.

Ötgan kuzda federal hukumat 43 kun davomida işlamay qolgan va bu tarixdagi eng uzun şatdaunlardan biri edi.