AQŞ Energetika vazirligi ma’lum qilişiça, Vaşington şahrida AQŞ energetika vaziri Kris Rayt va Saudiya Arabistoni energetika vaziri şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud örtasida tinç atom energetikasi sohasida hamkorlik qiliş böyiça uzoq muddatli kelişuv imzolandi.
Kelişuvga muvofiq, AQŞ kompaniyalari Saudiya Arabistonining atom dasturini rivojlantiriş, atom infratuzilmasini yaratiş va tegişli texnologiyalarni joriy etişda iştirok etadi.
AQŞ Energetika vazirligiga köra, mazkur hamkorlik Amerika sanoati, işlab çiqaruvçilari va ta’minot zanjirlari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi, şu bilan birga Saudiya Arabistonining ortib borayotgan energiya ehtiyojini qondirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, tomonlar yadroviy xavfsizlik va hamkorlik şartlarini tartibga soluvçi qöşimça ikki tomonlama kafolatlar töğrisidagi bitimni ham imzolagan.
«Eng yuqori yadroviy xavfsizlik standartlari»
AQŞ energetika vaziri Kris Raytning ta’kidlaşiça, imzolangan kelişuvlar yadroviy xavfsizlik va yadroviy qurol tarqalmasligi sohasidagi eng yuqori xalqaro standartlarga mos keladi.
Uning sözlariga köra, hamkorlik dunyodagi eng ilğor atom texnologiyalariga tayangan holda amalga oşiriladi.
Endi mazkur kelişuv AQŞ Kongressiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.
Kongressda qarşilik bölişi mumkin
Biroq Reuters agentligining yozişiça, Kongress kelişuvni ma’qullamasligi ham ehtimoldan xoli emas.
Buning asosiy sababi sifatida ayrim kongressmenlarning siyosiy jihatdan beqaror deb baholanayotgan Yaqin Şarq davlatlariga yadroviy texnologiyalar berişga qarşi ekani körsatilmoqda.
Ayniqsa, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy harakatlari davom etayotgan şaroitda bunday qaror bahslarga sabab bölişi mumkin.
Şuningdek, xalqaro inspektorlar Saudiya Arabistonidagi yadroviy ob’yektlarga qay darajada kiriş imkoniga ega bölişi ham hozirça töliq aniq emas. Bu esa texnologiyalar harbiy maqsadlarda qöllanmasligi böyiça xavotirlarni kuçaytirmoqda.











