Jahon chempioni, italiyalik afsonaviy futbolchi Andrea Pirlo endi Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod emas. Uning o‘zi bu haqda instagramdagi storisida ma’lum qildi, lekin buning sababini ochiqlamadi.
Pirlo Maldinining nomzodi edi

Futbol bo‘yicha Italiya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagach, bosh murabbiysiz qolgandi. Italyanlar o‘tish bosqichida Bosniya va Hersegovinaga penaltilar seriyasida yutqazdi. Shu tariqa, jamoa qatorasiga uchinchi mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin dastlab jamoa bosh murabbiyi Jyennaro Gattuzo iste’foga chiqdi, uning ortidan Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina ham ishdan ketib, uning o‘rnini Jovanni Malago egalladi, texnik direktor lavozimiga esa Italiya futboli afsonalaridan biri Paolo Maldini taklif etildi, yana bir sobiq futbolchi Leonardo esa unga maslahatchilik qiladigan bo‘ldi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Malago milliy jamoa bosh murabbiyligi uchun Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola va Roberto Manchini nomzodlarini ko‘rib chiqqan. Ulardan birinchisi Braziliya milliy jamoasi bilan band, ikkinchisi taklifni rad etgan, Italiyani 2020 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi qilgan Manchinining nomzodiga esa Maldini qarshi chiqqan – uning tanlovi o‘tmishda «Inter», «Milan» va «Yuventus» klublarida to‘p surgan va 2006 yil Italiya milliy jamoasi bilan jahon chempioniga aylangan Andrea Pirlo edi.
Ammo dam olish kunlari Italiyadagi nashrlar Pirloning Rossiyadagi «Fonbet» bukmekerlik kompaniyasi bilan shartnomasi borligi va bu uning milliy jamoa boshqaruviga tayinlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqida yoza boshladi. Pirlo ushbu kompaniya ambassadoriga aylangani haqida 2025 yil oktyabrida rasman e’lon qilingandi. O‘tgan vaqt mobaynida u bukmekerlik idorasining bir necha reklama kampaniyalarida ishtirok etdi. Jumladan, 2026 yil mayida Pirlo (italiyalik yana bir sobiq futbolchi Marko Materatssi bilan birga) Moskvaga kelib, xayriya o‘yinida ishtirok etdi, muxlislarga imzo tarqatdi va ular bilan muloqot qildi. Bundan tashqari, u «Oy, chto ni vecher, to futbol» qo‘shig‘i roligida suratga tushdi, bu rolik JCh-2026 o‘yinlari vaqtida «Match TV» telekanalida muntazam namoyish etildi.
Bundan tashqari, mamlakatda qimor o‘yinlariga juda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishadi. Masalan, 2019 yildan boshlab A Seriyada klublar o‘z formalarida bukmekerlik idoralari reklamasini joylashtirishi taqiqlangan.
La Gazzetta dello Sport gazetasi Pirlo Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylangach, uning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan aloqasi mamlakatda siyosiy munozaralar keltirib chiqargani haqida yozdi. Xususan, Pirloni bu lavozimga tayinlash g‘oyasini italiyalik siyosatchi, Yevroparlament raisi o‘rinbosari Pina Picherno keskin tanqid qilgan:










