2013 yilning bahorida Andrea Pirloning «Öylayapman, demak öynayapman» nom ilk avtobiografiyasi çop etilgandi. Italiya terma jamoasi sobiq futbolçisi undan kelajakda buyuk murabbiy kutayotganlarning hafsalasini pir qilgandi – «men murabbiylar örindiğida ötirişimga bir sent ham tikmagan bölardim. Bu iş meni öziga jalb qilmaydi. Köp öylaş kerak hali, murabbiylik işi yaşaş tarzi bilan futbolçilikni eslatadi, ammo men bundan çarçadim».

Ammo faoliyatini tugatgan Pirlo futbolsiz yaşay olmasligini ham tuşunib yetdi: «Ba'zida, közimni yumdim degunça, uyqum kelmasdi – xayolan futbolçilarni maydonga joylaştirib çiqardim».

2018 yilning kuzida u Jilardino, Batistuta, Bonera, Motta, Montero kabi sobiq futbolçilar bilan birga Koverçanodagi murabbiylik kurslariga qatnay boşladi. Oradan bir yil ötib esa, Pro litsenziyasi uçun tahsil oldi. Andrea Aneli uni ötgan yozda «Yuventus»ga taklif qilişni öylamasdan oldin ham, Pirloning yoşlar jamoasini boşqarişi yoki Sarriga yordamçilik qil işi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 2020 yilning 31 iyulida Andrea «Yuventus»ning taklifini qabul qildi va U-23 jamoasiga murabbiylikka tayinlandi, lekin Sarrining iste'fosi Pirloning yölini oçdi – endi u yangi mavsumni asosiy jamoaning boş murabbiyi sifatida boşlaydi.

Antonio Kontening Turindagi uç yili Andrea Pirloga uçta çempionlik sovrinidan köproğini berdi – futbolçini Kontening entuaziazmi hayratga solgandi.

«Men uning yaxşi murabbiy ekanini bilardim, lekin bu darajada zör ekanini öylamaganman. Uning xarizmatik va qat'iy insonligini bilganman, lekin u nafaqat futbolçilarni, balki hamkasblarini ham köp narsaga örgatgandi», deb yozadi Andrea Pirlo yuqorida tilga olingan kitobida.

Yana bir iqtibos – «Konte afsungar yoki sehrgar emas. Lekin uning nutqlari – juda ajoyib. Yo uning aytganini qilasan, yoki umuman öynamaysan. U berayotgan talablarni, vazifalarni bajara olişing uçun diqqat bilan tinglaşing kerak. Konte har bir mayda detallargaça e'tibor beradi va har bir ma'lumot öz foydasi uçun işlatişga harakat qiladi. U soatlab bizga video qöyib berar va harakatlarimizdagi xatolarni körsatib berardi. Kontening xatolarga allergiyasi bor va heç qaçon bu darddan xalos böla olmasa kerak».

«Konteni kuzatib, men ilk bor murabbiy böliş haqida öylay boşlaganman», deb tan olgandi Andrea La Gazzetta dello Sport naşriga bergan intervyusida – «u men işlagan murabbiylar içida eng yaxşisi. Men juda ajoyib murabbiylardan örganganman: to mening maydondagi pozitsiyamni özgartirgan Matssonedan boşlab, akamdek bölib qolgan Ançelottigaça. Lekin Konte birinçi örinda».