Çuçuk suv Yerdagi eng muhim tabiiy resurslardan biri hisoblanadi. Biroq uning atigi taxminan 1 foizigina insonlar tomonidan bevosita foydalaniş uçun yaroqli hisoblanadi. Şu sababli suv resurslarining yetarli yoki çeklanganligi mamlakatlarning iqtisodiyoti, qişloq xöjaligi va aholi turmuş darajasiga bevosita ta’sir körsatadi.
Jahon banki hamda Our World in Data platformasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan reytingda aholi jon boşiga töğri keladigan içki qayta tiklanuvçi çuçuk suv zaxirasi eng kam bölgan mamlakatlar keltirilgan.
Reytingda birinçi örinni Kuvayt egalladi. Mamlakat hududida doimiy daryolar va tabiiy köllar mavjud emas. Şu bois aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş deyarli töliq dengiz suvini çuçuklaştiriş texnologiyasiga boğliq.

Ikkinçi örindan Bahrayn joy olgan bölib, bu yerda har bir aholiga atigi 2,6 kub metr qayta tiklanuvçi çuçuk suv töğri keladi. Uçinçi örinni esa Misr egallagan. Nil daryosi mamlakat hududidan oqib ötişiga qaramay, içki suv resurslari aholi soniga nisbatan juda çeklangan bölib, kişi boşiga örtaça 8,8 kub metrni taşkil etadi.
Taqqoslaş uçun, dunyo böyiça örtaça körsatkiç bir kişi hisobiga 5 400 kub metrni taşkil etadi. Bu Bahrayndagi körsatkiçdan ikki ming baravardan ham köproqdir.
Reytingga kirgan 20 davlatning yettitasi Yaqin Şarq mamlakatlari hisoblanadi. Ular orasida Kuvayt, Bahrayn, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Yaman, Iordaniya va Saudiya Arabistoni bor. Bu davlatlarda yoğingarçilik juda kam bölib, doimiy yerusti suv manbalari deyarli mavjud emas.
Şuning uçun mazkur mamlakatlarda dengiz suvini çuçuklaştiriş, suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş va suv resurslarini samarali boşqariş davlat siyosatida ustuvor yönalişga aylangan.
Muammo faqat Yaqin Şarq bilan çeklanmaydi. Reytingdan Misr, Sudan, Mavritaniya, Liviya, Niger, Jazoir va Jibuti kabi Afrika davlatlari ham örin olgan.
Osiyodan esa Maldiv orollari, Singapur, Turkmaniston va Pokiston reytingga kiritilgan.
Mutaxassislar Turkmaniston misoliga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakat reytingda 16-örinda bölsa-da, aholi jon boşiga suv iste’moli böyiça dunyoda yetakçilardan biri sanaladi. Bu asosan paxtaçilik uçun Amudaryo suvidan keng miqyosda foydalanilişi bilan izohlanadi.












