Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda HST, VEK va RBMT MÇJ mansabdor şaxslari hamda boşqa şaxslar Telegram ijtimoiy tarmoğidagi xalqaro TESLA SHOP guruhiga tegişli 58 ta Telegram-bot orqali narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosini amalga oşirgani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga köra, mazkur savdodan tuşgan 20,9 milliard söm 14 nafar xorijiy fuqaro nomiga Özbekiston banklarida oçilgan 90 ta soxta (drop) bank kartasiga ötkazilgan. Şuningdek, 8 milliard söm Paynet faoliyati bilan şuğullanuvçi HST va VEK MÇJga, yana 4,7 milliard söm esa CP kripto-dökoniga yönaltirilgan.

Aniqlanişiça, keyinçalik uşbu va boşqa mablağlar jamiyatlar hisob raqamlariga ötkazilib, ular orqali aholiga 621,2 milliard sömlik Paynet xizmatlari körsatilgan. Natijada 90,3 milliard söm miqdoridagi soliq tölovlarini tölaşdan böyin tovlangan.

Bundan taşqari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobidan 50,5 million AQŞ dollari miqdorida noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi amalga oşirilgan. Şundan 2,4 million AQŞ dollariga teng kriptoaktivlar 14 nafar xorijiy fuqaroning valyuta hisob raqamlariga ötkazilib, jinoiy yöl bilan topilgan daromadlar legallaştirilgani ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.