Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Crypto Trade NET” MÇJ va “Crypto Market” MÇJga kripto-aktivlarni sotiş faoliyatini amalga oşirişi uçun litsenziya berdi.

«Özbekiston kripto-aktivlar muomalasini tartibga soliş böyiça yaxşi şakllangan qonunçilik bazasiga ega dunyodagi sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Uşbu ikki kompaniya MDH va Markaziy Osiyodagi birinçi kripto-dökonga aylandi», — deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.

2022 yilning 31 oktyabridan kuçga kirgan qoidalarga köra, kripto-dökon mijozlarga elektron platforma yoki savdo obektiga (oflayn) kirişni ta’minlaş orqali kripto-aktivlarni sotib oliş/sotiş böyiça operatsiyalarni amalga oşiradi.

Elektron platformada Özbekiston fuqarolari kripto-aktivlarni sömga, çet elliklar esa xorijiy valutaga sotib olişi yoki sotişi mumkin. Tölovlar bank ötkazmalari orqali amalga oşiriladi.

Oflayn formatda naqd tölovlar ham mumkin. Bunda kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valutada sotib oliş, ammo ularni faqat sömga sotiş mumkin.

Kripto-dökon operatorlari barça mijozlarni identifikatsiya qilişi şart.

Kriptodökonlarga majburiy identifikatsiyadan ötmagan mijozlar, voyaga yetmaganlar, terrorçilik faoliyatida yoki ommaviy qirğin qurolini tarqatişda iştirok etgan yoki iştirok etişda gumon qilinganlar, Özbekiston fuqarolari tomonidan çiqarilgan kripto-aktivlar, anonim kripto-aktivlar, şuningdek, özgarmas tokenlar bilan işlaş taqiqlangan.

2021 yilda Özbekistonda kripto-aktivlarni birjada sotib olişga ruxsat berilgan. Kun.uz Loyihalar boşqaruvi milliy agentligi mutaxassisidan kripto-aktivlar borasida muhim savollarga javob olgandi.

Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Özbekiston maxsus xizmatlari uçun kriptovaluta va darknet böyiça öquv kurslarini boşlagan edi