Rossiya qöşinlari 30 iyulga ötar keçasi Ukraina hududiga ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, zarbador dronlar yordamida ommaviy havo hujumi amalga oşirdi. Hujumlar mamlakatning bir qator şaharlari va viloyatlarini qamrab oldi.

Kiyev şahriga raketa zarbalari berildi. Poytaxtning bir neçta tumanida raketalar parçalari tuşib, yonğinlar kelib çiqqan. Kiyev şahar harbiy ma’muriyati ma’lumotiga köra, hujum oqibatida kamida bir kişi halok bölgan.

Lviv şahrida ham portlaş ovozlari eşitildi va havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşirildi. Şahar meri Andrey Sadoviy hamda Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiyning ma’lum qilişiça, ikki köp qavatli turar joy binosiga zarar yetgan. Hodisa joyida qutqaruv xizmatlari iş olib bormoqda.

Harkiv şahrining Novobavar tumanida esa «Şahed» rusumidagi dron sanoat hududiga kelib tuşgan. Bu haqda şahar meri Igor Terexov ma’lum qildi. Hozirça hodisa oqibatlari haqida qöşimça ma’lumot berilmagan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari Rossiya tomonidan ballistik va qanotli raketalar, zarbador dronlar hamda boşqariladigan aviatsiya bombalarining ommaviy uçirilgani haqida ogohlantirdi. Vinnitsa, Çerkassi, Kriviy Rix, Sumi şaharlari hamda Ivano-Frankovsk viloyatida ham portlaşlar haqida xabarlar tarqaldi.

Eng oğir oqibatlar Dnipropetrovsk viloyatidagi Kriviy Rix şahri yaqinidagi Raduşne qişloğida kuzatildi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, «Iskander-M» ballistik raketa xususiy uyga kelib tuşgan. Uyda yaşagan köp bolali oilaning ikki nafar qizi - 5 va 12 yoşli bolalar, şuningdek, tört nafar katta yoşli kişi halok bölgan. Yana sakkiz kişi jarohat olgan, ular orasida 6 va 15 yoşli bolalar ham bor. Qutqaruvçilar vayronalarni tozalaş işlarini davom ettirmoqda va qurbonlar soni yana ortişi mumkinligi aytilmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujumdan bir kun avval Rossiya tomonidan yirik havo zarbasi berilişi ehtimoli yuqori ekanini ma’lum qilgan edi. Uning aytişiça, Qurolli kuçlar boş qömondoni Anatoliy Krivonojko Rossiya bu hujumni bir neça kun avvaldan tayyorlagani haqida axborot bergan.

Zelenskiy xalqaro hamkorlarni, ayniqsa AQŞ va Patriot zenit-raketa majmualari uçun raketalarga ega davlatlarni Ukrainaning havo mudofaasini kuçaytirişda qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Uning ta’kidlaşiça, hamkor davlatlarning bunday yordam körsatişga tayyorligi mamlakat aholisining hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.