Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilişiça, Namangan şahrida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomaşina töxtatilib tekşirilganda, undagi yölovçidan 944 gramm «gaşiş» aniqlangan. Tergovga qadar tekşiruvda mazkur şaxs giyohvandlik vositasini Namanganda yaşovçi narkosavdogardan 9900 AQŞ dollariga sotib olgani ma’lum bölgan.
Şundan söng ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi narkosavdogar uşlanib, undan 9200 AQŞ dollari va 18,4 million söm pul aşyoviy dalil sifatida olingan. Keyingi bosqiçda esa ularga giyohvandlik vositasini yetkazib bergan Andijon viloyatilik ikki nafar şaxs harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasidan 9 kilogramm 801 gramm «gaşiş» musodara qilingan.
Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Bekobod şahrida «zakladka» usulida yaşirib ketilgan 977 gramm «gaşiş»ni qabul qilib olayotgan 1985 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro qölga olingan.
Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.












