Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi ma’lum qilişiça, örganiş işlari ijtimoiy tarmoqlarda Jarariq mavzesidagi hovlida 400 ga yaqin daraxt kesib taşlangani haqidagi murojaat ortidan ötkazilgan.

Tekşiruvlar davomida murojaatda keltirilgan ma’lumotlar öz tasdiğini topmagan. green.tashkent.uz elektron daraxtlar bazasiga köra, mazkur hududda jami 112 tup daraxt röyxatga olingan.

Örganişlar natijasida uşbu yer maydoni 2017-yilda tadbirkor tomonidan sotib olingani, keyinçalik esa şu manzilda yaşovçi fuqaro öz mablaği hisobidan 2–3 yillik mevali va manzarali daraxtlar ekkani aniqlangan.

Şuningdek, mazkur fuqaro yollanma işçilarni jalb qilgan holda 45 tup daraxtni noqonuniy ravişda kesgani hamda 35 tup köçatni belgilangan tartibga rioya qilmasdan Yangihayot tumaniga köçirgani ma’lum bölgan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq 10 million 300 ming söm miqdorida jarima qöllandi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori asosida tabiatga yetkazilgan zarar 49 million 900 ming söm etib hisoblangan.

Bundan taşqari, 24-iyun kuni ötkazilgan nazorat tadbirlari çoğida MÇJ hududida yana 3 tup daraxt tag qismidan kesib taşlangani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.