Şavkat Umrzoqovning prezidentga taqdimotidan keyin, Yunusobod dehqon bozori buzib taşlangan edi. Lekin yil boşidan beri loyiha rivoji töxtab qolgan, quriliş bölayotgani yöq. Oqibatda istiqbolli loyiha örnida odamlar uçun qöşimça muammolar tuğdirayotgan qarovsiz hudud paydo böldi. Şahar hokimligining munitsipal aktivlar markazi savollarni javobsiz qoldirmoqda.
Toşkent hokimi Şavkat Umrzoqov 2024-yil noyabr oyida şahardagi qator quriliş loyihalarini davlat rahbariga taqdimot qilgan edi. Loyihalar orasida Yunusobod dehqon bozori örnida uç qavatli ekobozor quriş rejasi ham bor edi.
Taqdimotda bu loyiha hudud qiyofasini yangilaşi, savdogarlar uçun qulay şaroit yaratişi va aholiga zamonaviy savdo xizmatlarini taklif qilişi aytilgandi.
Oradan qariyb bir yil ötib, 2025-yil sentyabr oyida eski bozorni buziş işlari boşlandi. Ammo oradan bir muddat ötgaç, loyiha deyarli harakatsiz holatga kelib qoldi.
Sönggi yetti oy davomida quriliş maydonida sezilarli iş olib borilmayapti. Oqibatda istiqbolli loyiha örnida odamlar uçun qöşimça muammolar tuğdirayotgan qarovsiz hudud paydo böldi.
Loyiha nega töxtab qoldi?
Ekobozor qurilişi nega töxtab qolgani noma’lum. Loyihaga kim investor, kim buyurtmaçi, moliyalaştiriş manbasi qayer, quriliş qaçon bitadi – bu savollarga oçiq manbalarda javob yöq.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati bilan boğlandi. Poytaxt pressasi bozorlar bilan Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi işlaşini ma’lum qildi. Uşbu markaz xodimi esa Kun.uz'ning oxirgi 7 oydan beri quriliş işlari nega töxtab qolgani haqidagi savolini javobsiz qoldirdi. Mutasaddi idora material e’lon qilingunga qadar holat yuzasidan rasmiy izoh bergani yöq.
Odatda yirik ob’yektni buzişdan oldin uning örnida quriladigan yangi inşootning moliyaviy, texnik va taşkiliy masalalari puxta hal etilgan bölişi kerak. Yunusobod – poytaxtning eng gavjum tumanlaridan biri. Ming-minglab insonlar hayotiga bevosita ta’sir körsatadigan bozorni şoşilinç buzib, keyinçalik uzoq vaqt taşlab qöyiş – rejalaştiriş va boşqarişdagi jiddiy kamçiliklardan dalolat beradi.











