Özbekiston milliy jamoasi safida mundialda yorqin öyin namoyiş etgan 19 yoşli himoyaçi Behruz Karimov yozgi transferlar oynasi vaqtida Şveysariyaning “Lugano” klubi aʼzosiga aylandi. U klub bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Karimov jamoaga kelişi bilan asosiy tarkibda maydonga tuşişni boşladi va hozirgaça 4 ta öyinda qatnaşdi. Joriy mavsum 7 ta öyindan 6 tasida ğalaba qozongan va 1 tasida durang qayd etgan “Lugano” Şveysariya çempionati peşqadami bölib turibdi.

Moslaşuv haqida
Futbolçi jamoaga juda tez moslaşib ketganini aytdi.
“Kutganimdan ham tezroq moslaşib ketdim. Murabbiy va jamoadoşlarim juda yaxşi kutib olişdi. Til bilan biroz muammo borligini bilişgaç, menga yordam berişni boşlaşdi. Tezroq muloqotga kirişib ketişim uçun hamma qölidan kelganiça yordam beryapti. Hozir moslaşiş davridan ötdim”, - deydi Karimov.

Nega aynan “Lugano”?
Behruz nima uçun aynan “Lugano” klubida tanlov qilgani haqida gapirib, asosiy maqsad Yevropa klubida öyin amaliyotiga ega böliş va rivojlanişda davom etiş bölganini taʼkidladi.
“Biz tanlov qilişdan oldin barçasini yaxşilab öylab oldik. Yevropaga ketgandan söng, zaxira örindiğida ötirib qolişni istamadik. Şu bois, yoşlarga öyin amaliyoti beradigan “Lugano” varianti bizga maʼqul keldi. Ularning öyin uslubi ham bizga manzur keldi”, - deydi himoyaçi.

Maşhurlik haqida
Behruz Namangan viloyatida tuğilgan. Bu hududdan Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Umarali Rahmonaliyev kabi taniqli futbolçilar yetişib çiqqan. Maşhurlik masalasida gap ketarkan, futbolçi bu borada fikr bildirmasligini, bor diqqat-eʼtiborini sportçilik faoliyatiga qaratganini aytdi.
“Har bir öyinda nimadir örganişim va kelajakdagi orzularimga yetişiş uçun harakat qilişim kerak”, - dedi u.















