10–16-avgust kunlari qişloq xöjaligi uçun yana yuqori harorat va quruq ob-havo foni hukm suradi. Ayrim hududlarda +41…+43 darajagaça kötariladigan issiqlik tuproqdagi namlikning tez kamayişi, suğorişga bölgan talabning ortişi va ekinlar uçun fiziologik stressning kuçayişiga olib kelişi mumkin.

Hafta oxirida haroratning biroz pasayişi esa dalalar uçun qisqa muddatli yengillik yaratadi.
Haftaning birinçi yarmida şakllanadigan kuçli va quruq issiqlik avvalo suv iste’molini oşiradi. Tuproq buğlanişining kuçayişi suğoriladigan maydonlarda namlik zaxirasining tez kamayişiga, ayniqsa, yuzaga yaqin ildiz tizimiga ega ekinlarda suv tanqisligi stressining kuçayişiga sabab bölişi mumkin. Şuningdek, kuçli şamol kuzatiladigan hududlarda tuproqning qurişi va çanglanişi kuçayadi.

Ayni paytda paxta, sabzavot, poliz va boğlarda suv ta’minotini nazorat qiliş, suğoriş muddatlarini ösimlikning fiziologik ehtiyojiga moslaştiriş muhim. Kunning eng issiq soatlarida dala işlarini çeklaş nafaqat ekinlar, balki qişloq xöjaligi xodimlarining salomatligi uçun ham zarur.

Hafta oxirida haroratning biroz pasayişi ekinlar uçun issiqlik stressini yumşatadi. Biroq yoğingarçilik bölmasa bu sovişni tuproq namligi tiklanişi bilan tenglaştirib bölmaydi. Şuning uçun hafta davomida qişloq xöjaligi uçun asosiy muammo issiqlikdan köra, ösimliklardagi suvga bölgan talabini tez qondiriş böladi.