Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida respublikada jami 373 389 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Shundan 192,9 ming nafari yoki 51,7 foizi o‘g‘il bolalarni tashkil etgan. Qiz bolalar soni esa 180,5 ming nafar yoki 48,3 foiz bo‘lgan.
Shu tariqa, hisobot davrida O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan qariyb 12,4 ming nafar ko‘p o‘g‘il bola tug‘ilgan.
Tug‘ilishlarning 49 foizi shahar joylarida, 51 foizi esa qishloq hududlarida qayd etilgan.
Shuningdek, yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha har 1 000 nafar aholiga 19,6 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan.










