Şimoliy Amerika havo-kosmik mudofaa qömondonligi (NORAD) ma’lumotiga köra, hodisa 9-avgust kuni Nyu-Jyersi ştatidagi Bedminster hududi ustida sodir bölgan.
Bu yerda AQŞ prezidenti Donald Trampga tegişli xususiy golf-klub joylaşgan. Prezidentning uşbu hududda bölişi munosabati bilan havo hududida parvozlarga vaqtinçalik çeklov - TFR rejimi amal qilgan.
NORADʼning F-16 qiruvçilari belgilangan havo hududiga ruxsatsiz kirgan umumiy aviatsiyaga tegişli ikkita havo kemasini aniqlab, ularni tutib qolgan.
Şundan söng fuqarolik samolyotlari qiruvçilar hamrohligida çeklangan hududdan xavfsiz olib çiqilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki boşqa salbiy holatlar haqida ma’lumot berilmagan.
Tramp öşa paytda golf-klubda bölgan
Axborot agentliklari ma’lumotiga köra, Donald Tramp ötgan dam oliş kunlarini Bedminsterdagi golf-klubida ötkazgan.
Fox News telekanali va The New York Post naşri samolyotlar prezidentga tegişli golf maydonlaridan biri yaqinidagi osmonda töxtatilganini xabar qilgan.
AQŞ harbiylari operatsiyada neçta F-16 qiruvçisi iştirok etganini oçiqlamagan. Şuningdek, vaqtinçalik parvoz çeklovini buzgan fuqarolik havo kemalarining rusumi va ularda qança kişi bölgani haqida ham ma’lumot berilmagan.
Dpa agentligi qayd etişiça, bunday qoidabuzarliklar köpinça kiçik xususiy samolyotlar bilan boğliq böladi.
NORAD hodisadan söng umumiy aviatsiya uçuvçilariga har bir parvozdan oldin NOTAM - uçuvçilar uçun rasmiy aviatsiya xabarnomalarini tekşiriş va vaqtinçalik parvoz çeklovlariga qat’iy rioya qiliş zarurligini eslatgan.
AQŞda prezident bölib turgan hududlar atrofida xavfsizlik maqsadida havo hududidan foydalanişga vaqtinçalik çeklovlar joriy qilinişi mumkin. Bunday hududga ruxsatsiz kirgan havo kemalarini harbiy aviatsiya kuzatib, çeklangan hududdan çiqarib yuboradi.













