Sun’iy intellektga asoslangan işçi mahsulotga ega jamoalar President AI Award 2026 tanloviga 15-avgustgaça ariza topşirişi mumkin. Tanlovning umumiy investitsiya jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil etadi.
Özbekistonda AI-startaplarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan President AI Award 2026 tanloviga arizalar qabul qiliş muddati uzaytirildi. Endi jamoalar hujjatlarni 15-avgustgaça taqdim etişi mumkin.
Tanlovga faqat konsepsiya bosqiçidagi loyihalar emas, işlaydigan MVP’ga ega mahsulotlar qabul qilinadi. Loyihani amalda namoyiş etiş va uning işlaşini tasdiqlaş imkoniyati bölişi talab etiladi.

Loyihalar qaysi yönalişlarda qabul qilinadi?
Tanlov quyidagi beşta yönalişni qamrab oladi:
- davlat boşqaruvi;
- sanoat va tadbirkorlik;
- soğliqni saqlaş va tibbiyot;
- ta’lim;
- yaşil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.
Tanlovda 18 yoşdan katta iştirokçilardan taşkil topgan 3–8 kişilik jamoalar qatnaşişi mumkin.
Arizaga loyihaning özbek, rus va ingliz tillaridagi taqdimoti, uç daqiqagaça bölgan videotaqdimot, işlaydigan MVP havolasi hamda jamoa haqidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
25 ta startap akseleratsiyadan ötadi
Dastlab saralaşdan ötgan 25 ta startap akseleratsiya dasturiga qabul qilinadi. Uning doirasida jamoalar mentor va ekspertlar bilan işlaydi, mahsulotini rivojlantiradi hamda investorlarga taqdimot qilişga tayyorlanadi.
Akseleratsiya yakunida startaplar öz işlanmalarini Demo Day davomida taqdim etadi. Şundan söng har bir yönaliş böyiça uçtadan, jami 15 ta ğolib aniqlanadi.
Birinçi örin sohiblariga 100 ming dollar, ikkinçi örin egalariga 60 ming dollar, uçinçi örin sohiblariga esa 40 ming dollar investitsiya ajratiladi.
Mablağlar IT Park Ventures tomonidan belgilangan KPI körsatkiçlari bajarilişiga qarab ikki tranşda taqdim etiladi.












