DW xabariga köra, kompaniyalar rahbarlari 23-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengaşining favqulodda yiğilişida sözga çiqqan.
OpenAI boş direktori Sem Altman hozirgi bosqiçda «öta ehtiyotkorlik» zarurligini taʼkidlagan. Uning aytişiça, sunʼiy intellekt tizimlari institutlarning ularga moslaşiş surʼatidan tezroq rivojlanişi yoki hokimiyatning juda tor doiradagi şaxslar qölida jamlanişiga sabab bölişi mumkin.
Altman katta foyda oliş imkoniyati sohada haddan taşqari texnologik tavakkalçilikka borişni oqlamasligini aytgan. U hukumatlarni texnologik kelajakni belgilaydigan qarorlarni qabul qilişda özaro va soha vakillari bilan hamkorlik qilişga çaqirgan.
Anthropic: xavfsizlik uçun rivojlaniş surʼatini pasaytirişga tayyormiz
Anthropic boş direktori Dario Amodei yanada qatʼiy xavfsizlik standartlari zarurligini taʼkidlagan.
«Biz çiqarayotgan har bir yangi sunʼiy intellekt texnologiyasi haqiqatan ham xavfsiz ekaniga işonç hosil qiliş uçun rivojlaniş surʼatini qança zarur bölsa, şunça sekinlaştiramiz», - degan u.
Amodeining fikriça, sunʼiy intellekt tegişliça boşqarilmasa, butun insoniyat uçun tahdidga aylanişi mumkin.
Hugging Face oçiq kodli texnologiyalarni qöllab-quvvatladi
Hugging Face boş direktori Klement Delanj esa oçiq manbali sunʼiy intellekt texnologiyalarining ahamiyatiga urğu bergan.
DW xabarida keltirilişiça, yaqinda Hugging Face OpenAIʼning avtonom dasturiy taʼminoti tomonidan kiberhujumga uçragan. Delanj kompaniyasi hujumlarni qaytarişda ham uşbu texnologiyadan foydalanganini bildirgan.
«Dunyo özini himoya qiliş uçun oçiq manbali sunʼiy intellektga har qaçongidan ham köproq muhtoj», - degan u.
Tramp «sunʼiy intellekt kuçlari» tuzilişini eʼlon qildi
Bundan avval, 19-sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp sunʼiy intellektni rivojlantiriş masalalari bilan şuğullanadigan maxsus tuzilma - «sunʼiy intellekt kuçlari» taşkil etilişini eʼlon qilgan.
Tramp sunʼiy intellektni navbatdagi sanoat inqilobi yoki internetga qiyoslab, uning taʼsiri yanada kengroq bölişini aytgan. Uning taxminiça, kelgusida sunʼiy intellekt AQŞ yalpi içki mahsulotining 25 foizigaça bölgan qismini taşkil etişi mumkin.

















