Sönggi vaqtlarda köplab transport vositalari harakatlanişda içki yonuv dvigatellari örniga elektr energiyasidan quvvat oluvçi motorlardan foydalanmoqda. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda allaqaçon kundalik transport vositasida keng qöllanilayotgan elektromobillar haqida juda köp eşitganmiz. Ammo, hozirda, elektrodvigatelli samolyotlar ham paydo bölmoqda.

Yaqinda Germaniyaning Siemens kompaniyasi şunday samolyotlardan biri Extra 330LE prototipini işlab çiqdi. U sinov parvozi çoğida öz toifasidagi qurilmalar orasida jahon rekordini örnatdi. Bundan taşqari, u planerni belgilangan balandlikka torta olgan ilk elektr samolyot ham böldi.

Extra 330LE dvigatelining vazni 50 kg bölgani holda 260 kVtni taqdim eta oladi. Havo kemasining oğirligi 1 ming kgni taşkil etadi. Yangi rekord qayd etilgan parvoz şu yilning 23 martida amalga oşirilgan. U Dinslaken Schwarze Heide Airfield aerodromidan havoga kötarilib, soatiga 337,5 km tezlikka çiqa olgan. Keyinroq, Extra 330LE planerni şatakka olib, 76 soniyada 600 balandlikka olib çiqqan. Samolyotni uçuvçi Uolter Ekstra boşqargan. Siemens kompaniyasining şö'ba korxonasi hisoblanuvçi eAircraft firmasi rahbari Frenk Entonning aytişiça, rekord parvozlar va planerni tortiş yangi dvigatel imkoniyatlari işonçli ekanini tasdiqlaydi. 19 kişini taşişga möljallangan gibrid samolyot uçun esa 6ta şunday motor yetarli böladi.