Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda joriy yil boşidan buyon erişilgan iqtisodiy yutuqlar va sohadagi islohotlarni sanab ötdi.

Davlat rahbari, avvalo, jahondagi murakkab vaziyatga qaramay, ötgan yarim yillikda Özbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga ösganini qayd etdi.

Fitch va Moody’s agentliklari Özbekiston suveren kredit reytingini bir poğona yaxşiladi. Jahon bankining investitsiya va işbilarmonlik muhiti böyiça hisobotida Özbekiston 31-örinni egalladi.

Şavkat Mirziyoyev bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi ekanini ta’kidladi.

Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional özgarişlar amalga oşirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion sömlik buyurtmalar oldi.

Strategik korxonalar mahalliylaştiriş uçun 650 dan ziyod yangi mahsulot röyxatini e’lon qildi. Bu tadbirkorlar uçun qöşimça 1 milliard dollarlik bozor yaratdi.

Qöşilgan qiymat soliğiga ötiş çegarasi 1 milliard sömdan 5 milliard sömga oşirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard söm QQS keşbek sifatida qaytarildi. Qişloq xöjaligi mahsulotlariga nol stavka joriy qilinişi hisobiga 400 milliard söm fermerlarda qoldi.

Qozoğistonda 11 turdagi quriliş materiallari importiga çeklov bekor qilindi. Turkmaniston bilan özaro bojsiz savdo rejimi yölga qöyildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afğoniston bilan yuzlab mahsulotlar böyiça imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.

Prezident iqtisodiyot ösişiga katta turtki beradigan yirik loyihalar amalga oşirilayotganini ham qayd etdi. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda törtinçi mis boyitiş fabrikasi, “Toşkent – Samarqand” va “Toşkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yöllari şular jumlasidan.

Xorazmda ekologik aviayoqilği majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Çirçiqda Yangi Toşkent aeroporti qurilmoqda.

Bu yil qiymati 27 milliard dollar bölgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boşlanadi.