«Prezident sovğasi» sifatida 1-sinf öquvçilari uçun ajratilgan öquv qurollarining ortib qolgan qismi keyingi yili ham işlatiladi. Bu haqda hukumatning qarorida belgilandi.

Qarorga köra, prognoz körsatkiçlari asosida joriy öquv yili uçun umumiy örta taʼlim maktablariga qabul qilingan 1-sinf öquvçilari soniga mos ravişda tarqatilgan öquv qurollari töplamidan ortib qolgan qismi keyingi öquv yili uçun davlat xaridlarini amalga oşirişda inobatga olinadi.

Bunda keyingi öquv yiliga qadar yaroqlilik muddati tugaydigan öquv qurollari Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga foydalaniş uçun bepul ajratiladi.

Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi axborotiga köra, joriy yilda birinçi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq öquvçiga «Prezident sovğasi» topşirilişi kutilmoqda. Töplamga öquv sumkasi, 12 ta daftar, ruçka, 2 ta oddiy qalam, rangli qalamlar töplami, rangli qoğoz, plastilin, rasm daftari, 2 ta öçirğiç, rangli akvarel böyoqlari, yelim va qalamdon kiritilgan.