Bugatti Rimac kompaniyasi boş direktori Mate Rimatsning Bugatti Chiron Sport hiperkari Xorvatiyaning Sveta-Nedelya şahridagi kompaniya boş qarorgohi oldidagi avtoturargohdan öğirlab ketildi.
Uning sözlariga köra, kompaniya hududi öralmagan bölib, taşrif buyuruvçilar bu yerga erkin kirişi mumkin. Rimats esa avtomobil kalitini doimo maşinada qoldiradi va qulflamaydi, çunki xodimlar avtomobilni muntazam ravişda sinovlar va safarlar uçun olib turişadi.
Öşa kuni kompaniyaga 36 yoşli erkak iş izlab kelgan. U avtoturargohda turgan Chiron avtomobilini körib, unga ötirgan va haydab ketgan. Oradan köp ötmay avtomobil olib qoçilgani maʼlum bölgan. Rimats zudlik bilan politsiyaga qönğiroq qilgan.
Şundan söng xodimlar avtomobilning harakatini unga örnatilgan telemetriya tizimi orqali kuzatib borişgan. Maşina Sloveniya tomon yöl olgan, keyin esa Avstriya çegarasidan ötgan. Rimats özining Porsche 911 avtomobilida uni taʼqib qilişga tuşgan. Qidiruv işlarida Xorvatiya, Sloveniya va Avstriya politsiyasi ham iştirok etgan. Oxir-oqibat Chiron Avstriyaning Grats şahri yaqinidagi yonilği quyiş şoxobçasida töxtatilgan.
Keyinroq Rimats maşina öğrisi bilan uçraşib, suhbatlaşgan. U politsiyaga ariza bermaslikka qaror qilgan.
Avtomobilning narxi 2,4 million yevro turadi.













