UEFA Çempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi asosiy bosqiçida iştirok etadigan klublarning töliq röyxati maʼlum böldi.
26-avgust kuni turnir saralaş bosqiçining pley-off raundi yakuniy öyinlari bölib ötdi. Natijalarga köra, Turkiyaning «Fenerbaxçe», Gretsiyaning AEK, Norvegiyaning «Viking» va Slovakiyaning «Slovan» jamoalari asosiy bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.
Şu tariqa, Çempionlar ligasining umumiy bosqiçida 36 ta jamoa iştirok etadi:
«Arsenal», «Aston Villa», «Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted» (barçasi – Angliya), «Atletiko», «Barselona», «Betis», «Real», «Vilyarreal» (barçasi – Ispaniya), «Inter», «Komo», «Napoli», «Roma» (barçasi – Italiya), «Bavariya», «Borussiya» (Dortmund), «Leypsig», «Ştutgart» (barçasi – Germaniya), «Lans», «Lill», «Pari Sen-Jermen» (barçasi – Fransiya), PSV, «Feyenoord» (ikkalasi – Niderlandiya), «Portu», «Sporting» (ikkalasi – Portugaliya), «Bryugge» (Belgiya), «Galatasaroy», «Fenerbaxçe» (ikkalasi – Turkiya), «Şaxtyor» (Ukraina), «Slaviya» (Çexiya), «Sabah» (Ozarboyjon), LASK (Avstriya), «Budyo-Glimt», «Viking» (ikkalasi – Norvegiya), AEK (Gretsiya) va «Slovan» (Slovakiya).

Asosiy bosqiç qurʼa taşlaş marosimi 27-avgust kuni Monakoda bölib ötadi. Bu bosqiç öyinlari 2026-yil 8-sentabrdan 2027-yil 27-yanvarga qadar davom etadi. Pley-offning dastlabki öyinlari 16 va 17-fevral kunlariga rejalaştirilgan.
Turnir finaliga Madridning «Metropolitano» stadioni mezbonlik qiladi – hal qiluvçi bahs 2027-yil 5-iyun kuni ötkaziladi.













