AQŞ Qurolli kuçlari yakşanba, 30-avgust kuni Hörmuz böğozida joylaşgan Eronning Larek orolidagi ikkita raketa qurilmasiga zarba berdi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) maʼlum qildi.
Amerika harbiylari maʼlumotiga köra, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuçlari Larek orolidan Hörmuz böğozi tomon dengiz minalarini olib boruvçi raketalarni uçirişga tayyorgarlik körayotgan bölgan.
CENTCOM matbuot kotibi Tim Xokinsning bildirişiça, AQŞ harbiylari ötgan hafta Hörmuz böğozidagi xalqaro savdo kemalari harakatlanadigan yöllarni minalardan tozalaş işlarini yakunlagan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ham bir hafta avval Tehronga dengizga mina joylaştiradigan har qanday kema yoki boşqa suziş vositasi “zudlik bilan va tizimli ravişda yöq qilinişi” haqida ogohlantiriş berilganini aytgan edi.
Larek oroli Eron sohilidan bir neça dengiz mili uzoqlikda, strategik ahamiyatga ega Hörmuz böğozida joylaşgan.
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi AQŞ zarbasiga javoban Vaşington bu hujum uçun “iqtisodiy va harbiy jabhada javob berişi”ni bildirdi.
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusiga yaqin Tasnim agentligi maʼlumotiga köra, Larek oroliga zarba uçuvçisiz uçiş apparati orqali berilgan. Hujum oqibatida ikki kişi halok bölgan va yana ikki kişi yaralangan.
AQŞ Eronga oxirgi marta iyul oyi oxirida zarba bergan edi. Şundan keyin prezident Donald Tramp Tehron bilan Hörmuz böğozining kelajagi, sanksiyalar hamda Eron yadro dasturi böyiça muzokaralarni davom ettiriş istagini bildirib, harbiy zarbalarni töxtatgandi.
Biroq tomonlar örtasidagi muzokaralarda sezilarli natijaga erişilmagan. Keyinçalik Tramp maʼmuriyati Eronga nisbatan harbiy bosim örniga iqtisodiy bosimni kuçaytirişga urğu berdi.
Hörmuz böğozi AQŞ va Eron örtasidagi qarama-qarşilikning asosiy nuqtalaridan biri bölib qolmoqda. U jahon neft savdosi uçun strategik ahamiyatga ega dengiz yöli hisoblanadi.
AQŞ harbiylari böğozda xalqaro savdo kemalarining erkin harakatini taʼminlaşga tayyor ekanini bildirgan. Eron esa AQŞning yangi zarbasiga javob çoralari körilişini maʼlum qilgan.












