Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berişda davlat monopoliyasi tugatiladi
2027-yilda suyultirilgan gaz yetkazib beriş sohasini respublika böylab xususiy sektorga beriş maqsad qilingan. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev yoqilği-energetika sohasidagi investorlar bilan ötkazilayotgan oçiq muloqotda maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, hozir mamlakatda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. Ilgari davlat monopoliyasida bölgan uşbu taʼminot tizimiga bosqiçma-bosqiç bozor mexanizmlari joriy etilmoqda.
Xususan, tadbirkorlar iştirokidagi pilot loyiha Andijon viloyatida boşlangan. Kelgusi yilda mazkur amaliyotni butun respublika böylab kengaytiriş rejalaştirilgan. Prezident bu jarayonda gaz taʼminotining uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat körsatiş sifati eng muhim mezonlar bölişini taʼkidladi.
Peşlavhani reklamaga tenglaştiriş rasman töxtatildi
Toşkent şahrida köplab tadbirkorlarning noroziligini uyğotgan peşlavha muammosi yuzasidan qonunçilikka özgartiriş kiritildi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 13-oktabrdagi qaroriga asosan, bundan buyon tadbirkorlik subyekti özi egallab turgan bino yoki inşootning taşqi tomonida (kiriş joyida) joylaştirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) töğrisidagi axborot (peşlavha) şu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat körsatiş belgisi, taşqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda uşbu axborot vositasi uçun reklama joyining pasportini rasmiylaştiriş talab etilmaydi.
Oliy taʼlimda kontrakt tölaş muddati 1-noyabrgaça uzaytirildi
2026-2027 öquv yili uçun oliy taʼlim taşkilotlarida kontrakt tölovlarini amalga oşiriş va talabalikka qabulni rasmiylaştiriş muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Şu sanagaça bazaviy kontrakt yillik qiymatining kamida 25 foizi, tabaqalaştirilgan kontraktning esa kamida 50 foizi tölanişi lozim.
Uzaytirilgan muddat bakalavriat va magistraturaga öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar, öqişi köçirilgan, köçirib tiklangan hamda öqişga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Özbekistonda tuğiliş soni ketma-ket ikki yil kamaydi
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2024-yilda mamlakatda 926,4 mingta tuğiliş qayd etilgan. 2025-yilda bu körsatkiç yana 46,8 mingtaga, yaʼni qariyb 5,1 foizga qisqargan.
Uzoq muddatli maʼlumotlar tuğiliş soni dastlab kamayib, keyin ösganini körsatadi. Jumladan, 1991-yilda 723,4 ming nafar bola tuğilgan bölsa, 2000-yilda bu körsatkiç 527,6 ming nafarni taşkil etgan. 2015-yilga kelib esa 734,1 ming nafarga yetgan.
2026-yilning yanvar–iyun oylarida esa 373,4 mingta tuğiliş qayd etilgan. Bu yarim yillik maʼlumot bölgani uçun uni avvalgi yillarning töliq yillik körsatkiçlari bilan bevosita taqqoslab bölmaydi.
Erta nikoh uçun jarimalar oşirildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 14-oktabr kuni imzolagan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga (47.3-moddasi) özgartirişlar kiritildi.
Jumladan, endi nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirişiş bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 10 baravaridan 15 baravarigaça - 4,4 million sömdan 6,6 million sömgaça jarima solişga sabab böladi. Ilgari eng yuqori jazo çorasi BHM 10 baravarini taşkil etar edi.
Şuningdek, voyaga yetmagan fuqarolarni turmuşga berganlik yoki uylantirganlik uçun ham jarimalar oşdi. Yangi qonun qabul qilingunga qadar aybdorlar BHM 15 baravarigaça bölgan miqdorda jarimaga tortilişi mumkin edi, endi esa BHM 20 baravaridan 25 baravarigaça - 8,8 million sömdan 11 million sömgaça oraliqda jarima belgilandi.
Nihoyat, FHDYoda tegişli tartibda qayd ettirmay diniy marosim (şarʼiy nikoh) ötkazganlik, jumladan, 18 yoşga tölmagan fuqarolar örtasida şunday nikoh tuzganlik uçun BHM 30–50 baravari miqdorida - 13,2 million sömdan 22 million sömgaça moliyaviy jazo közda tutilgan. Ilgari bu jarima bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravaridan oşmas edi.
Toşkentda issiq suvdan badböy hid kelayotgani yuzasidan tekşiruv boşlandi
Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga Toşkent şahrining beşta tumani aholisidan issiq suv sifati yuzasidan şikoyatlar kelib tuşayotgani maʼlum böldi.
Kompaniya maʼlumotiga köra, mazkur tumanlarga tarmoq suvi taşqi yetkazib beruvçi - «Toşkent issiqlik elektr markazi» AJ tomonidan uzatiladi. Veolia Energy Tashkent esa issiqlik energiyasi va issiq suvni turar joy binolarining yertöla qismigaça yetkazib beriş va taqsimlaş bilan şuğullanadi.
Murojaatlardan söng kompaniyaning akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyasi mutaxassislari joylarga çiqib, suv manbalari va xonadonlardan namunalar olgan. Ular kimyoviy-bakteriologik hamda organoleptik tahlillardan ötkaziladi. Tekşiruv natijalari tekşiruv yakunlangaç eʼlon qilinadi.












