Maʼlum qilinishicha, soʻrovnomada uy joylashuvi, farzand oʻqiydigan maktab va sinf, maktabga chiqish vaqti, foydalanadigan transport turi va maktab avtobusiga ehtiyoj bor-yoʻqligi koʻrsatiladi.

Agar oilada bir nechta farzand boʻlsa, ular haqidagi maʼlumotlar alohida kiritiladi.

“Soʻrovnomani toʻldirish bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo undagi javoblaringiz farzandingiz uchun yanada qulay va xavfsiz maktab qatnovini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega”, deyiladi poytaxt Yoʻl harakatini tashkil etish markazi xabarida.

Xabarda taʼkidlanishicha, shaxsiy maʼlumotlar yigʻilmaydi.

Natijalar faqat umumiy tahlil uchun ishlatiladi.

2024-yilda tajriba tariqasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chekka tumanlarida maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.