«Sukut saqlama» loyihasi bergan xabarda aytilişiça, jizzaxlik kelin 2025-yil oktabrda turmuşga çiqqan va beş oylik qizi bor. 2026-yilning may oyida uning eri qamalib qoladi. Ayol qaynonasi va qaynopasi bilan erini köriş uçun birgalikda boradi. Uçraşuvda kelin eriga oila aʼzolari tomonidan unga bosim qilinayotgani, uning nomiga tilla buyumlarni nasiyaga olib, ularni garovga qöyişganini aytib beradi. 30-iyun kuni qamoqxonadan qaytişda qaynopalari kelinning pasporti, telefoni va farzandining tuğilganlik haqidagi guvohnomasini olib qöyadi. 6-iyul kuni qaynonasi va qaynopasi ijaraga xonadon olib, kelinni öşa yerda tutqunlikda saqlay boşlaydi. Bu unga eriga kredit va tilla bilan boğliq holatlarni aytgani uçun «jazo» edi. Ayol ovqat va suvdan çeklanadi, bir kunda bir burda non berişadi.

Tarakan dorisi yedirilib, hojatxona suvi içirilgan

«Ular ayolni muntazam ravişda kaltaklaşar, böğişar, boşini devorga urib, qorni va baçadoniga tepişardi. Qaynopalardan biri kelinini doimiy ravişda qöriqlab turar, unga xonasidan çiqişga ruxsat bermasdi. Kelinni vaqti-vaqti bilan kaltaklaşar, baʼzan bu işlarni videoga olişardi va uni hamda oilasini öldiriş bilan qörqitişardi. Ruhiy kasalliklar şifoxonasidan maʼlumotnoma olganliklarini va ularga heç kim heç narsa qilolmasligini iddao qilişardi.

Zörlik bilan uşlab turilganida kelinga bir bölak non berişardi va kuniga bir marta hojatxonaga çiqişga ruxsat berilardi. Ular tarakan dori yeyişga va hojatxona suvini içişga majbur qilişardi. 27-avgust kuni Ruxşona ismli qaynopasi uni kaltaklab, barça kiyimlarini yirtib, zargarlik buyumlarini buzib taşlab, ularni axlatga taşlaşga majbur qilgan. Kameraga tuşib qolmaslik uçun uni liftdan emas, zinapoyadan tuşişga majbur qilgan», deyiladi xabarda.

29-avgust kuni qaynopa kelib kelinga «ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi?» deb savol bergan. Ayol «ha» deb javob berganidan bir neça daqiqa ötib, uning ustiga qaynoq suv quygan. Keyin qaynoq suvga tuz va soda qöşib yana ayolni kuydirgan.

6-sentabr kuni ayol xonadondan çiqib ketiş imkonini topgan. U uçinçi qavatdan yonğin zinapoyasi orqali tuşib, köçadagi odamlardan taksi çaqirişda yordam söragan va otasiga qönğiroq qilgan. Ular birgalikda şifoxonaga borgan. Ayol oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Ammo unga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza şifoxonadan çiqqanidan keyin ötkazilişini aytişgan. IIVning Xotin-qizlar masalalari böyiça boşqarmasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109- va 110-moddalari böyiça iş qözğatilganini maʼlum qilgan. Ammo kelinning otasi bundan bexabar, hozirga qadar u bilan heç kim boğlanmaganini aytgan. U qiziga nisbatan zöravonlik qilganlar qonun doirasida eng oğir jazoga tortilişini talab qilmoqda.