Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen 16-sentabr kuni Strasburgda Yevropa parlamentida «Ittifoq holati töğrisida»gi yillik murojaatida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini keskin çeklaş böyiça yangi rejalarni maʼlum qildi.
Fon der Lyayenga köra, Yevropa Ittifoqida 13 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga yöl qöyilmasligi, 15 yoşgaça bölganlar esa şaxsiy akkaunt oça olmasligi kerak. 13 yoşdan 15 yoşgaça bölgan ösmirlarga faqat ota-ona yoki vasiy tomonidan oçilgan va nazorat qilinadigan maxsus «mini-akkauntlar» orqali çeklangan imkoniyatlar taqdim etilişi közda tutilmoqda.
Bunday akkauntlarda platformaning ayrim funksiyalari çeklanadi va foydalaniş vaqtiga limit belgilanadi. Fon der Lyayen nutqida bu vaqtni kuniga bir soat bilan çeklaş rejasini ham tilga oldi. 15 yoşdan 18 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar uçun esa platformalar «xavfsiz dizayn» tamoyili asosida işlaşi şart böladi.
Yevrokomissiya raisi bu çoralarni bolalarning internetda ötkazayotgan vaqti ortib borayotgani bilan izohladi. Uning aytişiça, yoş yevropaliklar ekran qarşisida kuniga örtaça 4–6 soat vaqt ötkazmoqda, ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari esa ularni imkon qadar uzoqroq platformada uşlab turişga möljallangan.
Fon der Lyayen bu jarayonni bolalarning «diqqati, eʼtibori va ongini egallab oliş» deb taʼriflab, ijtimoiy tarmoqlar ularni bolaligidan mahrum qilayotganini aytdi. U uyqu buzilişi, xavotir va onlayn bulling kabi xavflarga ham eʼtibor qaratdi.
Yevrokomissiya raisi, şuningdek, platformalardagi foydalanuvçini öziga boğlab qöyuvçi mexanizmlar va algoritmlarga qarşi çoralar köriş zarurligini taʼkidladi.
«Biz öziga qaram qilib qöyuvçi funksiyalarni qabul qilişimiz şart emas. Bolalarning tobora ekstremal kontentga tortilişiga ham toqat qilişimiz şart emas», - dedi fon der Lyayen.
Yangi yondaşuvning muhim jihatlaridan biri - platformalarning javobgarligini kuçaytiriş. Hozirgi modelda bolalar va ota-onalar xavflardan himoyalaniş çoralarini körişi kutilsa, Yevrokomissiya bu mantiqni özgartirişni taklif qilmoqda. Yaʼni ijtimoiy tarmoqning bolalar uçun xavfsiz ekanini endi platformaning özi isbotlaşi kerak böladi.
«Gap voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişi haqida emas. Gap ijtimoiy tarmoqlarga voyaga yetmaganlarga qaçon va qanday kirişga ruxsat berişimiz haqida ketmoqda», - dedi fon der Lyayen.
U yirik texnologik kompaniyalarning taʼsiri haddan taşqari katta va ularni çeklaş imkonsiz degan qaraşga qöşilmasligini ham bildirdi.












