“Vahşiylik şu darajada böladimi?..” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda
|00:02 / 16.07.202522 82512 min
Asalariçilik qişloq xöjaligining ajralmas, muhim tarmoğidir. Vodiy asalariçiligi esa respublikada alohida örin tutadi. Lekin soha bugunga kelib boşi berk köçaga kirib qolgan. Ğözaga kuçli kimyoviy dorilarning ayni kunduz kuni betartib sepilayotgani asalarilarning qirilib ketişiga sabab bölyapti. Bu yil ham köplab asalari oilalari nobud böldi. Asalariçilar daromadsiz qolgan.
Asalariçilik sohasining rivoji qişloq xöjalik ösimliklarini çanglantirib, hosildorlikni oşiriş va mevali daraxtlar hosili sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi. Vodiy viloyatlarida asosan asal paxtadan olinadi. Asalariçilar yil davomida ğöza gullaşini intiqlik bilan kutadi.
Keyingi yillarda paxtaga kuçli kimyoviy dorilarning betartib sepilişi ortidan soha boşi berk köçaga kirib qoldi. Yildan yilga asalariçilik bilan şuğullanayotganlar safi qisqarib bormoqda. Doriga tuşgan asalarisining qirilib ketişi ortidan asalariçilar sarosimaga tuşib qolgan.
Ma’lumotlarga köra, paxta dalasiga yaqin hududda istiqomat qiluvçi hamyurtlarimiz orasida onkologik kasallaniş ham köpayib ketgan.
150 oilam qirildi...
“Bu yil ham asalarini paxtaga olib çiqqan edim. 30 mayning oxiri 1 iyunda sepilgan zaharning kasriga 150 oila qirilib ketdi. Qutilarda ari deyarli qolmagan. Biz endi kimga murojaat qilamiz? Özi qişdan zörğa olib çiqqan edik asalarilarni. Mana, endi hosil olamiz degan paytda şu ahvolga kelib turibmiz. Daromadimiz asalariçilikdan bölsa... Endi bu yilgi daromad yöq. Yiliga 30-40 million söm daromad qilar edik.
Şerzod Mirzamatov
Har yili şunday talafotlar bölar edi. Lekin bu yilgisi juda ham oğir keldi. Fermerlardan iltimos qilamiz, dorilarni tunda sepiş kerak faqat. Tunda sepilgan dorilar ğözaga ham kunduzidan köra yaxşi ta’sir qilişi isbotlangan. Kunduzi sepilgan dori, albatta, ariga ta’sir qilyapti. Dori sepilganda ham ariga ta’sir qilmaydigan variantlarini topiş kerak.
Yildan yilga asalariçilik sohasi ölib boryapti. Agar şu ketişda bölsa, hududimizda asalariçilik batamom töxtaydi. Çunki bunga umuman şaroit yöq. Şaroit qilib beradigan taşkilotning özi ham yöq hozir”, deydi Şerzod Mirzamatov.
Mavzuga oid
Asalariçilik jar yoqasiga kelib böldi
“Yozyovon tumanida asalariçilik bilan şuğullanamiz. Bir hafta böldi, 300 dan ortiq asalari oilasi tag-tugi bilan qirilib ketdi. Oxirgi 20 yil içida arimiz bu darajada ölmagan edi. Bilmayman, bu haqda kimga şikoyat qilamiz. Boşimiz qotib qolgan. Dardimizni eşitadigan odamning, taşkilotning özi yöq.
Bahodirjon Uzoqov
Asalarilarimiz asosan ğözadan asal oladi. 300 dan oşiq asalari oilalarini ğözaga olib borgan edik. Paxtaga kuçli kimyoviy dorining kunduz kuni sepilişi ortidan asalarilar qaytib tiklanmaydigan darajada ölib ketdi. Asosiy daromadimiz şu sohadan edi. Har bir asalari oilasi bugungi kundagi narxi 700-800 ming sömni taşkil qilar edi. Endi umumiy zararni hisoblang. Bu holatni möjizaviy jonivorlarni ataylab öldirgan bilan barobar hisoblayman. Bundan keyin asalariçilik bilan şuğullanmaslikka qaror qildim. Negaki, bu katta zarar, katta uvol.
20 yil ariçilik qildim, bunday zaharga tuşganini birinçi marta körişim. Şunaqa zaharki, arilar aqldan ozib, yumalab-yumalab ölyapti, davomiylik ölim holati. Zaharga tuşganiga bir haftadan ötdi, şundan keyin ham töxtamasdan ölyapti. Odatda arilarimiz zaharga tuşganida bir kun, ikki kunda ölimlari töxtab qolardi. 100 foizga öldirib yubormas edi. Bu yilgi talafot juda katta böldi. Hukumatdan asalariçilarga yordam berişlarini iltimos qilamiz. Asalariçilik jar yoqasiga kelib böldi”, deydi 300 asalari oilasini paxta dalasida yöqotgan Bahodirjon Uzoqov.
Asalarisiz paxta ham yaxşi bölmaydi...
“Vodiydan boşqa hududlarda asalarilar talafoti kam. Çunki boşqa joylarda ğözaga kuçli kimyoviy dorilar sepilmaydi. Olimlarimizdan asalarilarga ta’sir qilmaydigan preparatlar işlab çiqişlarini iltimos qilamiz.
Ravşanbek Hamidov
Asalarilarisiz paxta yaxşi çanglanmaydi, asalarilarsiz hosildorlik ham haminqadar böladi-ku. Buni fermerlarimiz tuşunişmayapti. Hozirga kelib 100 ga yaqin asalari oilamiz talafot kördi. 100 ga yaqin oilamizdan 30 million, 40 million sömlik daromad olardik. Bahorda 30, 40 millionlik asalari paketlarini sotardik, eksport qilardik.
Ayniqsa, Qöştepa, Yozyovon, Oltiariq tumanlarida kuçli zaharli preparatlarni köp qöllaşyapti. Buning natijasida asalariçilar katta talafot köryapti. Kuçli kimyoviy dori vositalari yurtimizga yaşirinçi, tekşiruvsiz kirib kelyapti. Buni nazorat qiladigan taşkilotning özi yöq”, deydi Ravşanbek Hamidov.
Ximikatlarini tunda sepişsin...
“Qöştepa tumanida kiçik mahallaning özida 35 kişi asalariçilik bilan şuğullanar edi. Hozir esa beşta yoki oltita asalariçi qoldi xolos. Köpçilik sohani tark etyapti. 1 000 taga yaqin asalari oilamiz bor edi.
Ahror Oxunov
Şundan 300-400 oila paxtadagi zaharlanişdan ölib ketdi. Şuning hisobiga ança qisqartirib yubordik arini. 70 yoki 80 ta qutida ari qoldi xolos. Bu ketişda soha ölib böladi. Yana beş yil içida bu soha umuman yöqolib ketadi. Fermerlar bilan kelişib işlaylik. Ximikatlarini tunda sepişsin”, – Ahror Oxunov.
Dard ustiga çipqon
“Paxtaga, ğözaga kösak qurtiga, örgimçakkanaga kimyoviy işlov berişda juda köplab ariçilarimiz talafot kördi. Bu yilning özida Yozyovon, Qöştepa, Oltiariq tumanlarida ayniqsa köp talafotlar kuzatilgan. Bu soha vakillarining yillik daromadi yöq degani. Ança sarf-xarajat qilib, oilalarni köpaytirib, rivojlantirib, asal uçun paxtazorlarga olib kelingan edi.
Qodirov Botirali. Respublika Asalariçilik uyuşmasining Farğonadagi doimiy vakili
Özbekistonda asalariçilar asalni asosan paxtadan oladi. Yantoqdan, boşqa toğ hududlarimizda ham bor. Bular nisbatan kam. Asosan paxta. Endi şundoq ekan, asosiy asalariçi şu bir-ikki oy, iyul, iyun, avgust oyi uçun bir yil tayyorgarlik köradi. Mana şu davrga kelganda endi daromadga kirdim, asal keldi deganda esa, köngilsiz holatlar bölib turibdi. Kimyoviy işlov berişdan ari nobud bölyapti. Klasterlarimiz, agronomlar, fermerlarimiz kimyoviy işlov berişni tunda ötkazsa. Keyin ariçilarimizni ogohlantirib işlov berilsa, juda ham nur ustiga nur bölardi. Negaki, asalariçi asaldan olayotgan daromadidan köra tabiatga, atrof-muhitga uning foydaliligi köproq böladi. Fermer şunçaki asalarilarni dala çetlariga joylaştiriş orqali hosildorlik 30 foizga oşadi. Heç qanday agrotexnik tadbirlarsiz, faqatgina asalarilarni dalaga qöysa böldi. Şuni hisobga olib, tuşungan holda ariçilarimizni ogohlantirib, hamkorlikda işlansa, juda ham yaxşi bölardi. Asalarining tabiatga foydasi şunçalik köpki, buning çek-çegarasi yöq. Bu ekosistemamizda, örab turgan tabiatimizning ajralmas bir bölagi hisoblanadi. Ozuqa zanjirida muhim rol öynaydi.
Barça gulli ösimliklarning hayoti asalarilar bilan boğliq. Bitta ariçimizning öşa asalarilar oilasi nobud bölsa, öşa atrofdagi, öşa kilometr radiusdagi gulli ösimliklar çanglana olmay qoladi. Natijada hosildorlik, paxta böladimi yoki mevali daraxtmi, hosildorlik kamayib ketadi. Asta-sekin iqtisodimizga ham buning ta’siri yuqori böladi.
Asalarilar oilasining soniga keladigan bölsak, respublika böyiça 70-80 foiz atrofida asalarilar oilalari vodiyda joylaşgan. Asosan vodiy ta’minotçi, butun respublika böylab yetiştirib beruvçi hisoblanadi. Erta bahor vohadan, boşqa viloyatlardan asalarilar oilasini olgani kelişadi. Tört-beş yil ilgariga nazar soladigan bölsak, hozirgi kunda asalariçilarimizning, asalariçilik sub’yektlarimizning soni ham ança kamayib ketgan. Sababi notöğri kimyoviy işlov berişlar, turli xil omillar sabab, ekologik omillar, har xil yangi kasalliklarning kelib çiqişi asalariçilarimizning sonini keskin qisqartirib boryapti. Ğözaga, paxtaga kimyoviy işlov berişni notöğri qöllaş bölsa, bu dard ustiga çipqon bölyapti”, deydi Respublika Asalariçilik uyuşmasining Farğonadagi doimiy vakili.
Soha islohotga muhtoj...
“Asalari deganda köpçilik asalni tuşunadi. Lekin asalarining tabiatdagi maqsadi bu çanglatiş. Çanglatiş orqali hosildorlikni oşiriş va ekotizimda, ya’ni ösimliklarning ösişini ta’minlaş. Fermerlarga iltimos qilib qolardik, iloji boriça klassi pastroq, ya’ni arilarga kam ta’sir qiluvçi yoki biologik usullar bilan haşarotlarga qarşi kuraş usullarini özlarining fermer xöjaliklarida işlatişsin.
Şerzod Suyarqulov. Farğona viloyati Asalariçilar uyuşmasi raisi
Rivojlangan davlatlarda hozirgi kunda asalarilarni çanglatiş uçun pul tölanadi. Amerikada, Kaliforniya ştatida bodom yetiştiriladi. Va har yili öşa yerga millionlab asalari oilalari köçirib kelinadi. Asalariçilarga har bir asalari oilasi uçun 200 dollardan 240 dollargaça çanglatiş uçun haq tölaşadi boğbonlar. Bu hosildorlikni kamida ikki-uç barobarga oşirib beradi. Albatta, bu qöşimça daromad fermerlar uçun ham. Xuddi şunday eksperimentni, xuddi şunday ilmiy işni Özbekistonda 20 xildan ortiq mevali daraxtlarda, paxta va kungaboqarda ötkazganmiz. Paxtaning hosildorligi uç barobar, kungaboqarniki esa ikki barobarga oşgan. Mevalar hosildorligi 20 foizdan 22 barobargaça oşgan. Ba’zi ösimliklar asalarilar, ya’ni taşqi çanglatuvçisiz umuman hosil bermaydi. Bunga misol qilib aytişimiz mumkin, masalan, qaşqargilos, oddiy gilos, bodom va şu kabi ösimliklar, daraxtlar, umuman asalarining yordamisiz, taşqi çanglatuvçisiz umuman hosil bermaydi. Endi mutasaddi taşkilotlarga biz şunday taklif berib qolardikki, uşbu sohaga e’tibor qaratilsa juda yaxşi bölardi. Dori-darmonlarni işlatiş ustida nazorat olib borilsa, albatta, bu biz asalariçilar uçun ham, kelajak uçun ham.
Asalarilar hozir nobud bölib, yöq bölib ketsa, asalariçilik sohasi umuman yöq bölib ketsa, kelajakda bu ösimliklarning köpayişi, ekosistema rivojlanişiga juda katta ta’sir körsatadi. Hozirgi kunda yana bitta katta muammolardan biri bu taşqaridan, qöşni davlatlardan, asosan Qozoğiston va Rossiya Federatsiyasidan kelayotgan arzon va sifatsiz asal bölib qolmoqda asalariçilik sohasiga. Hozirgi kunda mana, bozorlarda agar kelib, kirib aylanadigan bölsak, import qilingan asallarning narxi 30 ming, 40 mingni taşkil qiladi. Bu özimizda mahalliy yetiştirilgan asalning tannarxi ham emas. Biz bu asallarni olib, tarkibini tekşirdik. Uşbu asallarning törtdan uç qismi umuman tahlildan ötmadi. Bundan taşqari, bu törtta asallar özimizda, Farğona viloyati asalariçilik uyuşmasida kraxmalga tekşirildi. Soxta asallarda kraxmal qöşilişiga şubha qilindi va albatta, törtalasida ham kraxmal borligi aniqlandi.
Buni aniqlaş juda ham oddiy. Aytaylik, xaridor buni öz uyida asalni sotib olgandan keyin aniqlaşi mumkin. Ya’ni bu 50 foiz suvga 50 foiz asal qöşiladi, ya’ni aytaylik, 50 ml suvga 50 ml asal qöşiladi va bir neça tomçi yod tomizdiriladi. Va uşbu suyuqlik qoramtir tus olişni boşlaydi. Agar qoramtir tus olişni boşlasa, uşbu asallar kraxmal yoki un bor. Yodning xuddi şunday xususiyati bor. Agar toza asal bölsa-çi? Toza asal bölsa, yodning özining qizğiş kökimtir rangda özida qoladi.
Mutasaddi taşkilotlarga taklifimiz bor. Uşbu asallarning kirib keliş paytida va tekşiriliş paytida ozgina mas’uliyat bilan tekşirilsa va respublikamizga kirib kelayotgan asal mahsulotlarini sinçiklab körib, körikdan ötkazişsa, bizga ham juda yaxşi bölardi. Va mahalliy asalariçilarga ham juda ham katta yengillik bölardi”, deydi Farğona viloyati Asalariçilar uyuşmasi raisi Şerzod Suyarqulov.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov.