Mamlakatda yashil hududlarni kengaytiriş, daraxtzor va boğlar barpo etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, ekilgan köçatlarni saqlab qoliş, ularni suğoriş va parvarişlaşni tizimli taşkil etiş borasida kamçiliklar mavjud.
Ötgan yil bahorda ekilgan köçatlarning maʼlum qismi qurib qolgan. Hudud iqlimi va tuproğiga mos kelmaydigan daraxtlarni tanlaş, suv taʼminoti bölmagan joylarga köçat ekiş, kasallik va zararkunandalarga qarşi çoralarning yetarli emasligi bunga sabab bölmoqda. Orol dengizining qurigan tubida barpo etilgan örmonlarni parvarişlaş va himoya qilişda ham muammolar borligi körsatib ötildi.
Davlat rahbari işlar samaradorligini ekilgan köçatlarning bir, uç va beş yildan keyingi holati asosida baholaş zarurligini taʼkidladi.

Şu munosabat bilan kökalamzorlaştiriş işlarini ilmiy asosda taşkil etiş, yerni tayyorlaşdan boşlab suğoriş tizimini yaratiş va köçatlarni kamida uç yil parvarişlaşgaça bölgan jarayonlarni qamrab oluvçi yondaşuvlar taqdimot qilindi. Ekiş muddatlarini har bir hududning ob-havo şaroiti va olimlar xulosasi asosida belgilaş, mahalliy iqlimga mos, issiqlik, sovuqqa va suv tanqisligiga çidamli turlarga ustuvorlik beriş közda tutilmoqda.
Ekologiya qömitasiga har bir mahalla kesimida köçat turi, ekiladigan joyi va suğoriş tizimi aks etgan “yashil xarita”larni işlab çiqib, aholiga eʼlon qiliş topşirildi. Mahalla raislari bilan birgalikda har bir köçadagi daraxt va köçatlar holatini muntazam kuzatiş, quriş sabablarini aniqlab, bartaraf etiş vazifasi qöyildi.
Daraxt ekiş işlarini, avvalo, aholi gavjum joylarda, piyodalar yölaklari va tunu kun işlaydigan köçalarda taşkil etiş muhimligi taʼkidlandi. Bunday hududlarda soya beruvçi daraxtlarni köpaytiriş orqali odamlarning yurişi va dam olişi uçun qulay şaroit yaratiş zarurligi qayd etildi.
Taqdimotda “Yashil” mahallam” dasturi doirasida mahallalarga kompleks xizmatlar körsatiş takliflari körib çiqildi. Mahalla buyurtmasi asosida sifatli köçatlar, organik öğit va suv tejovçi suğoriş vositalarini yetkazib beriş, daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qiliş xizmatlarini yölga qöyiş nazarda tutilmoqda.















