Prezident Şavkat Mirziyoyev Baliqçi tumanidagi “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
«Mamlakatimizda sport industriyasini rivojlantiriş, sohaga xususiy sektorni keng jalb qiliş va mahalliy işlab çiqarişni köpaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda import örnini bosadigan, xalqaro standartlarga mos sifatli sport anjomlari işlab çiqariş muhim ahamiyatga ega.
“LB Sport” sport anjomlari işlab çiqaruvçi yetakçi mahalliy korxonalardan biridir. Korxona 20 dan ortiq sport federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mazkur loyiha davlat rahbarining joriy yil 24-martdagi sport sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilişni kengaytirişga doir qarori asosida amalga oşirilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard söm bölib, töliq tadbirkorning öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan. Korxonada 18 ta sport turi böyiça 65 xil mahsulot işlab çiqariladi. Yiliga 500 ming dona, umumiy qiymati 75 milliard söm bölgan sport anjomlari tayyorlanadi.
Mahsulotlar sifat jihatidan xorijiy muqobillari bilan raqobatlaşa oladi, narxi esa nisbatan arzon. Ular Qozoğiston, Qirğiziston va MDHning boşqa davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 3 million dollarni taşkil etadi.

Korxona faoliyatida aholi bandligini taʼminlaşga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Baliqçi tumanidagi 800 ta kam daromadli oila bilan kasanaçilik asosida hamkorlik yölga qöyilgan.
Kasanaçilarning 90 foizini ayollar taşkil etadi, 65 foizi 30 yoşgaça bölgan yoşlardir. Mazkur tizim aholiga öz xonadonida mehnat qilib, barqaror daromad oliş imkonini bermoqda.

Korxonada taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi yölga qöyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar öquvçisi dual taʼlim asosida öqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita işlab çiqariş jarayonida mustahkamlamoqda.

















