DW xabariga köra, Rossiya Taşqi işlar vazirligi 13-oktabr kuni jurnalist Federal xavfsizlik xizmati - FXX tomonidan uşlanganini maʼlum qilgan. Imai Yuki Rossiya TIV akkreditatsiyasiga ega bölgan.
«Interfaks» huquqni muhofaza qiluvçi organlarga tayanib, şu kuni Moskvaning Lefortovo sudi muxbiriga nisbatan qamoq ehtiyot çorasini qöllaganini xabar qilgan. Uning «Lefortovo» tergov hibsxonasida saqlanişi kutilmoqda.
FXX talqiniga köra, jurnalist Rossiya mudofaa qobiliyatiga aloqador maʼlumotlarni Yaponiya razvedkasi topşiriği asosida töplagan va saqlagan. Rossiya maxsus xizmati bu maʼlumotlar mamlakat xavfsizligiga qarşi foydalaniş uçun yetkazilişi közlanganini daʼvo qilmoqda.
Xususan, FXX Imai Yuki Kuril orollarida Ukrainaga qarşi uruşga safarbar qilinganlar va köngillilar soni haqida maʼlumot töplagan deb hisoblamoqda.
Rossiya TIV esa Tokio Rossiyadagi xorijiy jurnalist maqomiga ega muxbiri orqali xavfsizlikka daxldor maʼlumotlarni olişga uringanini daʼvo qilgan. Keltirilgan xabarda Yaponiya tomoni yoki jurnalist tahririyatining uşbu gumonlarga munosabati berilmagan.
«Interfaks» maʼlumotiga köra, josuslik moddasi böyiça aybi isbotlansa, jurnalistga 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.
«Ostorojno, novosti» Telegram kanali Imai Yuki kamida 2014-yildan buyon Rossiyaga kelib turgani va Sankt-Peterburg davlat universitetida öqiganini yozgan. Uning öşa davrdagi ijtimoiy tarmoq sahifalarida Rossiya teatrlari, muzeylari va konservatoriyalaridan olingan suratlar bölgan.
Muxbir Hokkaido Shimbun uçun Xabarovskda Yaponiya ustidan ğalaba va Ikkinçi jahon uruşi tugaşiga bağişlangan yodgorlik oçilişi, Davlat dumasi saylovlari hamda Rossiya va Şimoliy Koreya munosabatlari haqida materiallar tayyorlagan.
Kanal maʼlumotiga köra, uning sönggi maqolasi 5-oktabr kuni çop etilgan. Yujno-Saxalinskdan tayyorlangan uşbu reportajda mintaqadagi Şimoliy Koreya fuqarolari haqida söz borgan.












