24-sentabr kuni 2026–2030-yillarga möljallangan moliyaviy texnologiyalarni takomillaştirişga qaratilgan strategiya tasdiqlandi. Markaziy bankda mazkur mavzuga bağişlangan matbuot anjumanida Markaziy bank departament direktori Ravşan Qodirov Open banking 2027-yildan bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişini maʼlum qildi.

«Open bankinğni sodda qilib aytadigan bölsak, bu banklar örtasida maʼlumot almaşişning oçiqligi. Masalan, fuqaroning bir tijorat bankida hisobraqami yoki jamğarmasi bölsa, boşqa bankdagi qulay şartlar, jozibador aksiya yoki xizmatdan foydalaniş uçun qaytadan hisobraqami oçişi, hujjatlarni qayta topşirişi va rasmiylaştiriş jarayonlaridan ötişi şart bölmaydi. Bu imkoniyat nafaqat jismoniy şaxslarga, balki yuridik şaxslarga ham taalluqli böladi», - dedi u.

Qodirovning aytişiça, Open bankinğning texnologik qismi böyiça pilot loyihalar Markaziy bankning Axborotlaştiriş markazi tomonidan amalga oşirilmoqda.

«Rejaga köra, joriy yil oxirigaça pilot testlarni yakunlaş közda tutilgan. Bu juda katta loyiha bölgani uçun 2027-yil 1-yanvaridan uni töliq işga tuşirib yuboriş töğri bölmaydi. Tizimni joriy etişda kiberxavfsizlik va firibgarlik bilan boğliq köplab masalalarni hisobga oliş kerak», - dedi Markaziy bank vakili.

Uning sözlariga köra, Open bankinğni qaysi yönalişlarda va qanday ketma-ketlikda joriy etiş masalasi 2026-yil yakunidagi pilot sinovlar natijalariga qarab belgilanadi.

«2026-yil oxirigaça ötkaziladigan test sinovlarining yakuniy natijalariga asosan tizimni 2027-yil davomida qaysi tartibda va bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş belgilanadi», - dedi Ravşan Qodirov.

Özbekistonda Open Banking

Open Banking - mijoz roziligi asosida uning banklardagi moliyaviy maʼlumotlarini boşqa banklar va fintex kompaniyalariga standartlaştirilgan API orqali uzatiş imkonini beruvçi tizim. U turli banklar va moliyaviy xizmatlar örtasidagi maʼlumot almaşinuvini soddalaştirib, yangi fintex mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirişga şaroit yaratişi kutilmoqda.

Özbekistonda Open Bankinğni joriy etiş rejalari 2025-yilda kun tartibiga çiqdi. Prezidentning 2025-yil noyabridagi qarorida tizimni banklar, tölov taşkilotlari va fintex bozori iştirokçilari örtasida xavfsiz va standartlaştirilgan maʼlumot almaşinuvini taʼminlaş vositasi sifatida joriy etiş vazifasi belgilangan edi.