«Toshkent metropoliteni» AJ maʼlumotiga koʻra, mazkur koʻrsatkich munosabati bilan masʼul xodimlar ishtirokida 1 200 000-yoʻlovchini aniqlash boʻyicha maxsus tadbir tashkil etilgan.
Aniqlangan yoʻlovchiga metropoliten jamoasi nomidan esdalik sovgʻasi hamda bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi tantanali ravishda topshirilgan.
Metropoliten maʼmuriyati soʻnggi yillarda jamoat transportiga, xususan, metro xizmatlariga talab izchil ortib borayotganini qayd etgan.

















