Forumda parlamentlararo va hududlararo aloqalarni kengaytiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş, qöşma loyihalarni köpaytiriş hamda taʼlim, soğliqni saqlaş, turizm va boşqa sohalardagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida Özbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengaşi Raisi Natalya Koçanova bilan uçraşdi. Muzokaralarda parlamentlar örtasidagi muntazam muloqotni davom ettiriş, oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş masalalari körib çiqildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalar ham muzokaralarning asosiy yönalişlaridan biri böldi. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, töqimaçilik kabi sohalarda qöşma loyihalarni köpaytiriş, tadbirkorlar örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş va özaro savdo hajmini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkaziş maqsadidan kelib çiqib, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş zarurligi qayd etildi. Mehnat migratsiyasi, fuqarolarni qonuniy asosda iş bilan taʼminlaş, ularning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qiliş böyiça ham fikr almaşildi.
Forum doirasida Xivada “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” körgazmasi ham taşkil etildi. Unda ikki mamlakatdan 100 dan ortiq korxona öz mahsulot va loyihalarini namoyiş qildi. Töqimaçilik, ipakçilik, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, maşinasozlik, tibbiyot, IT va boşqa yönalişlardagi mahsulotlar taqdim etildi.
Ayol tadbirkorlar biznes-forumida sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, agrosanoat, biotexnologiya, turizm hamda gumanitar sohalardagi hamkorlik muhokama qilindi. Tomonlar tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni aniq loyihalar bilan davom ettiriş masalasiga eʼtibor qaratdi.

Hududlararo hamkorlik ham forumning muhim yönalişlaridan böldi. Ikki mamlakat mahalliy vakillik organlari rahbarlari uçraşuvida hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş, investitsiya va tadbirkorlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi. Yakunda hududlararo hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama kelişuv imzolandi.














