Bu haqda Markaziy bankning Özbekiston tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va taşqi qarzi böyiça 2026-yil birinçi yarmi hisobotida maʼlum qilingan.

Hisobotda taʼkidlanişiça, korporativ taşqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan taşqi qarzlar aks ettiriladi.

Markaziy bank korporativ taşqi qarz böyiça davlat majburiyati mavjud emasligini qayd etgan. Bunday qarzlar böyiça tölovlar xöjalik subyektlari va banklarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Davlat taşqi qarzi körsatkiçi esa hisoblangan, ammo hali tölanmagan foizlarni ham qamrab oladi. Şuningdek, suveren xalqaro obligatsiyalar qiymati hisobot sanasidagi bozor narxlari asosida qayta hisoblangan.

Hisobotda taşqi savdo körsatkiçlari ham keltirilgan. Birinçi yarim yillikda tovarlar va xizmatlar eksporti 15,4 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga qisqargan. Bunga asosan oltin eksportining kamayişi taʼsir qilgan. Ayni paytda oltinsiz tovarlar eksporti 27 foizga, xizmatlar eksporti esa 45 foizga ösgan.

Import hajmi 24 foizga oşib, 28,8 mlrd dollarga yetgan. Natijada tovarlar va xizmatlar savdosidagi manfiy farq 13,4 mlrd dollarni taşkil qilgan.

Birlamçi va ikkilamçi daromadlar hisobidagi ijobiy qoldiq bu farqni qisman qoplagan. Yakunda joriy operatsiyalar hisobi qariyb 6,2 mlrd dollarlik taqçillik bilan şakllangan.