6–9-oktabr kunlari Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özigdromet.

Duşanba kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Havo haroratining yuqori qiymati +15…+20 daraja böladi.

Havo harorati 6-oktabrda keçasi +5…+10, şimolda +2…+7 daraja, kunduzi +15…+20 daraja böladi. 7−9-oktabrda asta-sekin keçasi +10…+15 darajagaça, kunduzi +20…+25 darajagaça kötariladi.

Şamol şarqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi, 5-oktabrda Farğona vodiysida baʼzi joylarda 13−18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 5-oktabrda baʼzi joylarda yomğir yoğadi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Baland toğlarda baʼzi joylarda yomğir qorga aylanişi mumkin. 6−9-oktabrda yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona viloyatining toğli hududlarida 8−9-oktabrda biroz yomğir yoğişi mumkin.

Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati duşanba kunduzi va seşanba kuni +17…+20 daraja böladi, 7−9-oktabrda +22…+25 darajagaça asta-sekin kötariladi. Harorat keçasi 6−7-oktabrda +7…+10 daraja böladi, 8−9-oktabrda +12…+15 darajagaça kötariladi.