Hozirça Rossiya-Ukraina mojarosini tinç yöl bilan hal qiliş istiqbollari körinmayapti. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Gretsiyadagi «Katimerini» naşriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Rubio uruşda «strategik boşi berk köça» holati yuzaga kelganini taʼkidlagan: Rossiya Donbass ustidan töliq nazoratni talab qilişda davom etmoqda, Ukraina esa bunday şartni mutlaqo qabul qila olmaydi.
Rossiya va Ukraina uruşida strategik boşi berk köça holati yuzaga keldi. Undan faqat ikki yöldan biri bilan çiqiş mumkin – yoki muzokaralar stoli atrofida kelişiş, yoki eskalatsiya. Hozir muzokaralar orqali hal qiliş istiqbollari yöq, çunki Rossiya öz maqsadi – Donbassni töliq nazorat qiliş ekanini aytmoqda, bu esa Ukraina uçun qabul qilib bölmaydigan şartdir. Şuning uçun hozir diplomatik yeçim imkonsiz. Biz kelajakda uni topişda iştirok etişga tayyormiz.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Ed Milibend bilan birga Çernihiv oblasti Priluki şahrida Rossiya zarbasi oqibatida halok bölgan 22 kişini xotirlaş uçun kelganida OAV qarşisida Rubioning bu sözlari böyiça keskin munosabat bildirdi.
«Biz uruş paytida juda köp turli holatlar haqida eşitganmiz. Juda köp çiqiş yöli yöq vaziyatlar, burçakka taqaliş va hokazo. Biz özimizni özimiz – odamlar, rahbarlar, siyosatçilar özlarini burçakka siqib qöyişadi... bilasizmi, bir tomondan ruslar bilan kelajak uçun qandaydir iqtisodiy loyihalar haqida kelişib oliş, ikkinçi tomondan esa biz qandaydir diplomatik boşi berk köçada qolganimizni aytiş mumkin emas. Biz diplomatik boşi berk köçada emasmiz», – dedi Zelenskiy.
U şunçaki Rossiya iqtisodiyotini yopiş va Starlink uçun Rossiya osmonini oçiş kifoya ekani, ammo amerikaliklar buni qilişni xohlamasligini taʼkidlagan.
«Butun iqtisodiyotni yopib qöying. Rossiyaning oğzini tiking. Ularni öz sotuvlaringiz bilan boqmang. Şunçaki ularning qurollariga sanksiya qöying. Ukrainaga Starlinkni oçing. Eronga javob berayotganingizda oçgan edingiz-ku. U yerda hamma narsa işladi. Isroil Eron osmonini töliq nazorat qildi. Yaʼni, u sizga kerak bölganda, işlaydi. Ular uçun Ukrainaga yordam beriş heç gap emas. Va men oçiqçasiga aytdim – bizga bering, osmonni himoya qiliş va hukmronlik qilişimizga yordam bering», – dedi Zelenskiy.
Şunda Putin muzokaralar stoliga ötiradi. Nega? Çunki hamma narsasini yöqotadi. Ikki, uç oy – hammasini yöqotadi. Biz esa xitoyliklar analogni işlab çiqib, ruslarga topşirişini kutmoqdamiz. Xöş, haqiqat qayerda, rostgöylik qayerda? Bu yerda boşi berk köça qayerda? Qanaqa boşi berk köça? Bu istamaslik deyiladi.













