Bolaga eng yaxşi xususiy maktabni tanlaş, kuçli repetitor yollaş va taʼlim uçun katta mablağ sarflaş yaxşi natijani kafolatlamaydi. 

Agar bolada mustaqil öqiş, qiyinçilikka çidaş, xato qilişdan qörqmaslik va boşlagan işini oxiriga yetkaziş könikmalari şakllanmagan bölsa, qimmat taʼlim ham kutilgan samarani bermasligi mumkin. 

«Nima dard?» podkastining navbatdagi mehmoni, kimyo fani öqituvçisi Jamşid Qayumov. U zamonaviy taʼlimda ota-onalar yöl qöyayotgan xatolar, xususiy maktablar va repetitorlarga ortiqça umid boğlaş, bolani qiyinçilikdan asraşning oqibatlari hamda yaxşi öqiydigan bolalarni nima birlaştirişi haqida tajribalari bilan bölişdi.

«Pul bergan öqituvçi yaxşi, tekin öqituvçi yaxşi emas»

Jamşid Qayumov davlat maktabi, ixtisoslaştirilgan va xususiy taʼlim muassasalarida işlagan. Uning aytişiça, bu tajriba taʼlimdagi bir qiziq holatni körsatgan: ayrim öquvçilar pul tölab borayotgan repetitorini maktabdagi öqituvçisidan avtomatik ravişda ustun qöyadi.

U ixtisoslaştirilgan davlat maktabida işlagan vaqtida darsni repetitorlik maşğulotlaridagidek sifatli ötişga harakat qilganini, ammo ayrim öquvçilar darsga eʼtibor bermaganini eslaydi. Sababini söraganda esa «mening repetitorim bor, men sizdan örganmayman» degan javobni eşitgan.

Qayumovning fikriça, bu yerda bolada «pul tölangan narsa qimmatli, tekin narsa qadrsiz» degan notöğri qaraş şakllangan.

«Mening şaxsiy fikrim – taʼlimda brend bölmaydi. Taʼlimda ilm böladi va ilmga ixlos böladi», deydi u.

Mutaxassisning fikriça, ota-onalar ham köpinça aynan brend ortidan quvib, maktab yoki öquv markazining nomi bolasining natijasini kafolatlaydi, deb öylaydi. Vaholanki, bir xil muassasada öqiyotgan bolalarning natijasi keskin farq qilişi mumkin.

Xususiy maktab «enagali rejim»ga aylanmasligi kerak

Suhbatda xususiy maktablardan ota-onalarning kutişi ham muhokama qilindi.

Qayumov işlagan xususiy maktablardan birida öquvçi masala şartini öqimasdan öqituvçidan yordam söragan. U esa avval matnni öqib, nimani tuşunganini öz sözlari bilan aytib berişini talab qilgan. Öquvçi bundan norozi bölib, rahbariyatga şikoyat qilgan.

Öqituvçining aytişiça, baʼzi ota-onalar xususiy maktabga pul tölaganidan keyin bola barça vazifalarini öşa yerning özida bajarib, uyga heç qanday masʼuliyatsiz qaytişini xohlaydi.

«Bu men uçun xususiy maktab emas, enagali rejimga öxşaydi, xuddi boğça paytidagidek», deydi u.

Bola katta hayotga tayyorlanayotgan şaxs sifatida qiyinçilikni ham boşidan keçirişi kerak. Har bir muammoni uning örniga kattalar hal qilib berişi mustaqillik va kuraşuvçanlikning şakllanişiga tösqinlik qilişi mumkin.

Podkast boşlovçilari ham bolaning har qanday salbiy hissiyotini yöqotişga uriniş töğri emasligini taʼkidladi. Dars qiyin kelişi, masala çiqmasligi, asabiylaşiş, xato qiliş – öqiş jarayonining bir qismi.

Foydali qiyinçilik va zararli qiyinçilik

Qayumovning fikriça, ota-onalar bolani barça qiyinçiliklardan himoya qilişga emas, foydali va zararli qiyinçilikni ajrata bilişga harakat qilişi kerak.

Masalan, yoşiga mos uy yumuşini bajariş va buning uçun minnatdorlik eşitiş – foydali mehnat. Ammo tirikçilik uçun işlab, dars qilişga vaqti va kuçi qolmasligi – zararli mehnat.

Xato ham xuddi şunday. Agar bola xato qilganidan keyin ota-onasi bilan birga uni tahlil qilsa, bu tajriba uni rivojlantiradi. Xatosi uçun haqorat yoki baqiriq eşitsa, aksinça, xato qilişdan qörqadigan bölib qolişi mumkin.

Mağlubiyatga munosabat ham muhim.

Qayumov öğlini dzyudo musobaqasiga olib borganida u birinçi bellaşuvda 3:0 hisobida yutqazganini eslaydi. Ammo otani natijadan köra bolaning raqibiga qarşi yetarliça kuraşmagani ranjitgan.

«Xöp, yutqaz, lekin kuraşib yutqaz. Men sening birinçi örin olişingni talab qilmayman. Men sening kuraşişingni xohlayman», degan u öğliga.

Keyingi musobaqada bola yana yutqazgan – bu safar 2:1 hisobida. Ammo Qayumov uçun aynan şu 2:1 avvalgi natijadan qimmatliroq bölgan.

Bolaning muammosini uning örniga hal qilib beriş – yordam emas

Suhbatda zamonaviy ota-onalarning yana bir xatosi sifatida bolani doimiy «qutqariş» odati tilga olindi.

Bola öqituvçi bilan kelişolmasa – ota-ona aralaşadi. Dars qiyin bölsa – repetitor almaştiriladi. Maktab yoqmasa – boşqa maktab qidiriladi. Natijada muammoning özi bolaga yetib kelmaydi va u uni hal qiliş tajribasini orttirmaydi.

Qayumovning kuzatişiça, sönggi yillarda öquvçi mavzu qiyinlaşişi bilan öqituvçini almaştiriş holatlari köpaygan. Ayrim bolalar bir öquv markazida murakkabroq mavzularga yetganidan keyin boşqa joyga ötib, dasturni yana boşidan boşlaydi.

Bu esa bir yillik vaqt, pul va mehnatning yöqotilişiga olib kelişi mumkin.

«Rivojlaniş har doim oğriq bilan böladi», deydi öqituvçi.

Uning fikriça, bola «qiyin bölyapti» degani uçun maktab yoki öqituvçini darhol almaştiriş kerak emas. Aksinça, öqituvçi bolani işlaşga majbur qilayotgan, undan fikrlaşni talab qilayotgan bölsa, ota-ona şu jarayonda bolani qöllab-quvvatlaşi kerak.

Qaçon maktabni almaştiriş kerak?

Qayumov maktabni almaştiriş kerak böladigan holatni ham tuşuntirdi.

Ota-ona faqat kundalikdagi baholarga qaramasligi kerak. Ayniqsa, xususiy maktablarda baholar sunʼiy ravişda yuqori qöyilişi mumkinligini hisobga olib, bola haqiqatan dars jarayonida iştirok etyaptimi, fikrini ayta olyaptimi, savol beryaptimi, öqituvçi uni fikrlaşga undayaptimi – şuni kuzatiş muhim.

Agar bola yillab darsda passiv ötirsa, unga heç kim eʼtibor bermasa, yaxşi baholar qöyilib, doim maqtalsa-yu, amalda bilimi va fikrlaş qobiliyati rivojlanmasa, maktabni almaştiriş haqida öylaş mumkin.

Ammo öqituvçi bolani qiyin savollar bilan işlaşga majbur qilayotgani uçun bola norozi bölsa, bu boşqa holat.

«Sen eng aqllisan» demang

Suhbatda ota-onalarning bolani maqtaş usuli ham muhokama qilindi.

Qayumovning fikriça, bolaga doim «sen eng aqllisan» deyiş ham kutilmagan salbiy oqibatga olib kelişi mumkin. Çunki bola keyinçalik özining «aqlli» degan maqomini yöqotişdan qörqa boşlaydi.

Murakkab vazifa oldida «agar xato qilsam, demak aqlli emas ekanman» degan içki qörquv paydo böladi. Natijada u qiyin vazifadan qoçişi, oson yölni tanlaşi yoki xatosini yaşirişga urinişi mumkin.

Şuning uçun natijani yoki tuğma qobiliyatni emas, jarayonni va mehnatni maqtaş kerak.

«Sen eng aqllisan, deyiş kerak emas. Uning örniga mehnatni qadrlaş kerak. “Sen eng mehnatkaşsan”, deyiş kerak», deydi Qayumov.

Yaxşi öqiydigan bolalarni nima birlaştiradi?

Qayumov öz öquvçilari orasida yuqori natija körsatayotgan bolalar va ularning oilalarini örganganini aytadi.

Uning kuzatuviga köra, bunday bolalarning katta qismi bilan ota-onasi kiçikligidan muntazam şuğullangan: kitob öqigan, öqiganini qayta gapirtirgan, savollar bergan va bolani mustaqil fikr bildirişga örgatgan.

U öz oilasida ham şu usul qöllanişini aytadi. Bolasi bilan kitob öqiladi, keyin undan mazmunni qayta aytib beriş söraladi. Qahramon yaxşi yoki yomon ekani, nega şunday deb öylayotgani haqida savol beriladi.

Qayumovning özi ham bolaligida onasi bilan xuddi şunday şuğullangan.

Uy vazifasini öqib bölgaç, onasiga aytib berişi kerak bölgan. Gapirişga qiynalsa, onasi avval oyna qarşisiga borib, öziga gapirib maşq qilişni buyurgan. Keyin kelib onasiga qayta aytib bergan.

Uning fikriça, bolaning matnni öqib tuşunişi, fikrini tuzib gapirişi va tahlil qilişi bir kunda paydo bölmaydi – bu kiçikligidan şakllantiriladigan könikma.

«Pulini tölasam böldi» degan qaraş işlamaydi

Qayumovning taʼkidlaşiça, ayrim ota-onalar bola katta bölganidan keyin uni yaxşi repetitorga yoki qimmat xususiy maktabga bersa, şu bilan taʼlim masalasi hal böladi, deb hisoblaydi.

«Farzandim katta bölganda repetitorga beraman, xususiy maktabga beraman, pulini tölasam böldi, deb öylayotganlar adaşadi», deydi u.

Uning fikriça, bolada öqişga nisbatan «immunitet» ança oldin şakllanişi kerak. Öqiş, savol beriş, tuşunmagan narsasini qayta köriş, qiyin vazifa oldida darrov taslim bölmaslik kabi odatlar bor bölsa, bola davlat maktabida öqisa ham yaxşi natija körsatişi mumkin.

Aksinça, bu könikmalar bölmasa, xususiy maktabda ertalabdan keçgaça ötiriş ham natija kafolati emas.

«100 foiz natija» reklamasiga tanqidiy qaraş kerak

Suhbatda taʼlim markazlari va xususiy maktablarning reklamadagi yuqori natijalari haqida ham söz bordi.

Qayumov «100 foiz natija» degan daʼvolarga ehtiyotkorlik bilan qaraş kerakligini taʼkidladi. Masalan, markazda 500 nafar öquvçi bölişi, ular orasidan eng kuçli 30 nafari alohida guruhga saralab olinişi va aynan şu guruhning natijasi reklama qilinişi mumkin. Qolgan yuzlab öquvçilarning natijasi esa körinmay qoladi.

Şuning uçun ota-ona brend, reklama yoki sertifikatlar soniga emas, aynan öz farzandi bilan qanday işlanayotganiga qaraşi muhim.

«Bu yil kirmasa, osmon uzilib yerga tuşmaydi»

Ota-onalar orasidagi yana bir bosim – farzand maktabni tugatgan yiliyoq oliygohga kirişi şart, degan qaraş.

Suhbat iştirokçilarining fikriça, bolada bazaviy bilim, matnni tuşuniş, mustaqil fikrlaş kabi zarur könikmalar yetişmasa, uni bir yil içida har qanday yöl bilan universitetga kiritişga uriniş töğri emas.

«Bu yil kirmasa, osmon uzilib yerga tuşmaydi. Ikki yildan keyin, uç yildan keyin kirsa ham hali yoş», degan fikr bildirildi suhbatda.

Muhimi – diplomni tezroq oliş emas, keyingi bosqiçda öqiy oladigan va öz sohasida raqobatlaşa oladigan darajaga yetib boriş.

Bolani hayotga tayyorlaş ham taʼlimning bir qismi

Podkastda taʼlim faqat kimyo, matematika yoki biologiyani örgatişdan iborat emasligiga ham urğu berildi.

Boşlagan işini oxiriga yetkaziş, qiyinçilikdan qoçmaslik, xato qilganda uni tan oliş, yolğon bilan vaziyatdan çiqib ketişga urinmaslik, odamlar bilan muloqot qila oliş – bularning barçasi keyinçalik insonning hayotiga köçadigan könikmalar.

Qayumov bugungi ayrim öquvçilarda muloqot madaniyati ham pasayganini aytadi. Kiçik noqulaylik tuğilişi bilan muhitni almaştiriş, odam bilan gaplaşib muammoni hal qiliş örniga munosabatni uzişga moyillik kuzatiladi.

Suhbatda bu holat ijtimoiy tarmoqlardagi «yoqmasa – blok» madaniyatining real hayotga köçişi bilan ham izohlandi.

Şuning uçun bolaga yaxşi maktab topib beriş yoki repetitorga pul tölaş bilan ota-onaning vazifasi tugamaydi. Taʼlimning boşlaniş nuqtasi baribir oila bölib qolaveradi.

Bola bilan kitob öqiş, uni gapirtiriş, fikrini söraş, xatosini birga tahlil qiliş, qiyinçilikdan darrov olib çiqib ketmaslik va mehnatini qadrlaş – katta mablağ talab qilmaydi. Ammo suhbat iştirokçilarining fikriça, aynan şu oddiy işlar keyinçalik qimmat xususiy maktab yoki kuçli repetitordan ham muhimroq poydevor bölib xizmat qilişi mumkin.