Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8-oktabr kuni jurnalistlarga delegatsiyaning AQŞga taşrifi haqida maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, muzokaralarda Ukraina nomidan Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov, uning örinbosari Sergey Kislitsa, parlamentdagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi raisi David Araxamiya hamda Taşqi razvedka xizmati rahbari Rustem Umerov iştirok etadi.
Zelenskiy Yevropa vakillari ham muzokaralarga qöşilişi mumkinligini aytgan.
Yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib xabar berilişiça, uçraşuvda «mojaroning barça jihatlarini qamrab oluvçi va uruşni tugatişni maqsad qilgan» yangi taklif körib çiqiladi. Hozirça uning batafsil şartlari oçiqlanmagan.
Zelenskiy Rubioning «boşi berk köça» haqidagi fikrini tanqid qildi
Şu kuni Zelenskiy AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Ukrainadagi uruş boşi berk köçaga kirib qolgani va muzokaralar orqali yeçim topiş istiqbollari körinmayotgani haqidagi bayonotiga ham munosabat bildirgan.
Rubio bu fikrlarni Gretsiyaning Kathimerini gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
Zelenskiyning taʼkidlaşiça, bir tomondan Rossiya bilan kelajakdagi iqtisodiy loyihalar haqida gaplaşib, ikkinçi tomondan diplomatik imkoniyatlar tugaganini aytiş töğri emas.
«Biz diplomatik boşi berk köçada emasmiz», - degan Ukraina prezidenti.
U Vaşingtonni Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuçaytirişga, savdo orqali uni qöllab-quvvatlamaslikka va qurol-yaroğiga qarşi sanksiyalar joriy etişga çaqirgan.
Starlink böyiça ham murojaat qilindi
Zelenskiy AQŞdan Ukrainaga Rossiya hududi ustida Starlink tizimidan foydalanişga ruxsat berişni ham söragan.
Uning fikriça, bu Ukrainaga havoda ustunlikka erişişga yordam beradi va oxir-oqibat Vladimir Putinni muzokaralar stoliga ötirişga majbur qilişi mumkin.
«Yandeks» data-markaziga zarba haqida nima dedi?
Ukraina prezidenti Rossiyadagi data-markazlarga zarbalar haqida ham gapirgan. U bu harakatlarni Rossiyaning Ukrainadagi şunday obyektlarga hujumlariga javob sifatida izohlagan.












